Lokomotiv O'zbekiston Kubogi chorak finalida
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi O'zbekiston Kubogida navbatdagi bosqichga chiqdi.
"Lokomotiv" O'zbekiston Kubogining chorak finaliga yo'l oldi ☑️
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi O'zbekiston Kubogida navbatdagi bosqichga chiqdi.
"Lokomotiv" O'zbekiston Kubogining chorak finaliga yo'l oldi ☑️
Ilyos Zeytullayev va uning murabbiylar shtabi o‘z xohishiga ko‘ra «Bunyodkor» klubidan ketdi.
Asosiy jamoamizning murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi.
Bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev hamda uning yordamchilari Alessandro Spinoglio, Andres Moauro, Marko Nikodemo o‘z xohishi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra iste’foga chiqdi. Biz Ilyos Bekirovich va uning yordamchilariga qiyin damlarda jamoaning kelajagi uchun amalga oshirgan samarali ishlari, mehnati, fidoyiligiga minnatdorchilik bildirgan holda mutaxassislarning murabbiylik faoliyatiga omad-zafarlar tilab qolamiz!
Championat.asia va Transfermarkt talqiniga ko'ra, Aleksandr Xomyakov avgust oyining eng yaxshi murabbiyi, Vladimir Rodich va Husayn Norchaev eng yaxshi futbolchi.
Championat.asia hamda Transfermarkt nashri talqiniga ko’ra Superligada avgust oyining eng yaxshilari deb topildi.
Ikki sayt hamkorligi doirasida Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Avgust oyida Superliganing eng yaxshi murabbiyi Aleksandr Xomyakov bo'ldi. Uning boshchiligida Buxoro 5 ta o'yinda 3 ta g'alabaga erishdi (jumladan, O'zbekistonning amaldagi chempioni Neftchi ustidan 4:1 hisobida), shuningdek, safarda Paxtakor bilan durang o'ynadi (o'yin davomida 0:2 hisobida ortda qolib, 2:2). Xomyakov 44% ovoz to'pladi.
⚽ Superligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb bir vaqtning o'zida ikki o'yinchi tan olindi: Buxoro vingeri Vladimir Rodich va Navbahor hujumchisi Husayn Norchaev 28 foizdan ovoz yig'ishdi. Rodich hisobida 5 ta o'yinda gol+pas tizimi bo'yicha 3+1 ochko bor, ular orasida Paxtakorga urilgan gol va Neftchiga qarshi g'alabali o'yindagi ikkita samarali harakat (bitta gol va bitta assist) mavjud.
Superliga 2026 19-turidan o'rin olgan Mash'al va Navbahor bahsida mehmonlar minimal hisobda g'alaba qozonishdi.
Superliga 2026, 19-tur.
Mash'al 0:1 Navbahor
Gol: Jaloliddinov, 20
Surxon bosh murabbiyi Anvar G'ofurov o'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoaning o'yin sifati va kelgusi rejalar haqida gapirdi.
Anvar G'ofurov ishtirokidagi o'yindan keyingi matbuot anjumani 🎙️
Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?
Bugun yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushdik. Raqibning hujumkor jamoa ekanini va kimga qarshi o'ynayotganimizni yaxshi bilardik. Biz uchun har bir o'yinda ochko juda muhim ekanini futbolchilarga tushuntirgan edik.
O'ylaymanki, ko'p o'yinlarda natija borasida mag'lub bo'layotgan bo'lsak-da, o'yin sifati va maydondagi harakatlarimiz borasida raqiblardan ortda qolayotganimiz yo'q. Albatta, bu yaxshi ko'rsatkich, lekin jamoaga natija ham kerak. Ishonamanki, biz bu natijaga albatta erishamiz.
Bugungi o'yin oson kechmadi. Yigitlarga katta rahmat aytmoqchiman. Ular maydonda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, mehnat qilishdi.
Shuningdek, Termizdan uzoq masofani bosib o'tib, bizni o'z stadionimizda yolg'izlatib qo'ymagan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo'llab-quvvatlashi futbolchilarimizga katta dalda bo'ldi.
Bu o'yinda qizil kartochka ham o'z so'zini aytdi. Shundan so'ng futbolchilar xato qilmaslikka, bir-birini qo'llab-quvvatlashga va jamoaviy harakat qilishga harakat qilishdi. Bu, albatta, ijobiy holat.
Qizil kartochkadan so'ng yosh jamoangizni qanday ruhlantira oldingiz?
Men har bir futbolchimga ishonaman. Bu ishonch maydonda bo'ladimi yoki maydondan tashqarida bo'ladimi — farqi yo'q. Yakuniy kengaytirilgan tarkibga kirmagan futbolchi ham, maydonga tushgan har bir futbolchi ham o'z vazifasini bajarishi va bor kuchini berishga tayyor bo'lishi kerak.
Bizda, albatta, o'zimizga yarasha kamchiliklar bor. Lekin eng muhimi — har bir futbolchi o'z vazifasini to'g'ri bajarishi va jamoa uchun borini berishi kerak. Men futbolchilarimga ishonaman.
Bugun ustozingizga qarshi maydonga tushdingiz. Keyingi turda esa «Bunyodkor» jamoasiga qarshi o'ynaysiz. Qanday o'yin kutyapsiz?
Bizni oldinda kubok o'yini ham kutib turibdi. Albatta, futbolda hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi. Agar kimdir natijani oldindan aniq bila olganida, ehtimol, u jahon chempioni bo'lar edi.
Har safar chempionlar va kuchli jamoalar o'zgarib turayotgan ekan, demak, biz ham doimo ishlashimiz va har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
«Bunyodkor»ga qarshi ham qiziqarli va mazmunli o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. Biz har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'ramiz va maydonga maksimal natija uchun chiqamiz.
Mirko Yelichich Dinamo bilan bo'lgan o'yin va Aleksey Kozlovning qizil kartochkasi haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich:
Og'ir o'yin bo'ldi. "Dinamo"ga qarshi doimo yaxshi o'yinlar bo'lgan. Bu jamoa ochiq o'yin namoyish qilishga tayyor. Biz ham shunday ochiq o'yin ko'rsatadigan jamoamiz. Bu kabi o'yinlar ham bo'lib turadi, bugun raqib bizdan yaxshiroq o'ynadi. Yaxshi o'yin ko'rsata turib, 3 ochkoni boshqasi olishi albatta, yoqimli emas. Chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun raqiblarni tabriklayman. Biz esa oldinga intilishda davom etamiz.
— O'tgan o'yinda Aleksey Kozlovning qizil kartochkasidan keyin rejalarda o'zgarishlar bo'ldimi?
Bu haqda gapirish juda qiyin. Nikita Shevchenko bunday o'yinlarda o'ynamagan va albatta, bosimni his qilishi tabiiy. O'yinni xato bilan boshlagandan keyin u o'ziga kelishi qiyin bo'ldi.
Murabbiy mag'lubiyat sabablari, jamoa himoyasidagi muammolar hamda klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— O'yin haqidagi fikringiz?
— Fikr aytmasdan ketsa ham bo'ladi-ya (kuladi). Xo'sh, nimadir aytishning o'zi mushkul. 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdik. Haqli mag'lubiyat bo'ldi, himoyada bunaqa o'yin ko'rsatmasligimiz kerak edi. Hozir nimadir orzu qila olmaymiz, ishlashda davom etamiz, oldimizda boshqa variant yo'q. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun g'alaba qozonganimizda bu biz uchun olti ochkoga teng bo'lardi. Lekin afsus...
— Bugun asosiy gollarni Lyupcho Doriyev urdi.
— Nega shunday bo'lganini Doriyevning o'zidan so'rash kerak. U yaxshi futbolchi. Agar unga jarima maydonchasi yaqinida zarba yo'llash imkonini bersangiz, odatda gol bilan tugaydi. Boshqalar ura olmadi, lekin Doriyev urdi.
— Azizbek Choriyevning o'yini haqidagi fikringiz?
— Markaziy himoyada muammolar borligi sabab shu futbolchini o'ynatdik. O'rinbosarlarimizdan to'rt nafari muntazam asosiy tarkib bilan shug'ullanib kelyapti. Xolmatovni, Choriyevni ko'rdingiz. Tez orada boshqa o'yinchilarni ham ko'rasiz. Choriyev himoyada zo'r o'ynadimi? Yo'q. Lekin birinchi o'yini bo'lgani uchun yomon emas.
— Ibrohimovning jarohati haqida?
— U tizzasidan jarohat oldi va tez orada sog'ayib safimizga qaytadi deb umid qilib qolamiz.
— "Bunyodkor" mablag' yo'qligi sabab safar o'yiniga bora olmadi. "Mash'al"da ham moliyaviy qiyinchiliklar bor. Klubning boshiga "Bunyodkor" holati tushmasmikin?
— "Bunyodkor"dagi vaziyatni to'liq bilmayman. Bizda esa holat boshqalar kabi, qariyb yarim yildan beri maosh olmayapmiz. "Bunyodkor" o'yinini boshqa kunga qoldirish imkoniyati ko'rib chiqilsa bo'lardi, yanayam aniqini bilmadim. Hammamiz vaziyat o'nglanishiga umid qilyapmiz. Superliganing yarim jamoasida qiyinchilik bor deb o'ylayman. Tez orada hammasi joyiga tushsa kerak.
Paxtakor O‘zbekiston chempionatida o‘zining 2200-golini urdi. Bu natijaga Bunyodkorga qarshi o‘yinda Doston Hamdamov erishdi.
Paxtakor O‘zbekiston chempionatida 2200-golini urdi. Bunyodkor bilan uchrashuvda Doston Hamdamov kiritgan to‘p «sherlar»ning O‘zbekiston chempionatidagi 2200-goliga aylandi.
Paxtakor futbol jamoasi o'z uy stadioni hisoblangan Paxtakor stadioniga yetib keldi.
Jamoamiz Paxtakor stadioniga yetib keldi.
Bunyodkor futbolchisi Bilolxon Toshmirzayev jamoa qarorgohidagi noqulay sharoitlar va o'yinga tayyorgarlik jarayonidagi muammolar haqida so'zlab berdi.
Bilolxon Toshmirzayev Bunyodkor klubidagi hozirgi holat haqida gapirdi.
Kecha, o'yindan bir kun avval jamoamiz qarorgohida chiroq o'chib qolgan va bir kun davomida u yerda chiroqsiz o'tirdik. Aniqrog'i uxlay olmadik. O'yin kuni kunduz vaqti 2 soatga uxlab oldik. O'yin kuni toliqib qolgandik, charchoq bor edi. Kulguli tuyulishi mumkin, ammo bu rost.
Surxon bosh murabbiyi Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuv va Tornike Dzebniaurining o'yini haqida fikr bildirdi.
— Bugungi o‘yin haqidagi fikrlaringiz?
— Assalomu alaykum. Avvalo, bugungi uchrashuv qiyin kechishini bilardik. Bu ikki jamoa uchun ham juda muhim, shartli ravishda aytganda, “6 ochkolik o‘yin” edi. Qo‘qon-1912 jamoasiga ham ochkolar zarur edi, biz uchun ham bu uchrashuvning ahamiyati katta edi.
O‘yinning o‘zi ham har ikki jamoa uchun qanchalik qiyin bo‘lganini ko‘rsatdi. Biz gol urish va g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga soldik. Xudoga shukur, bugun omad ham biz tomonda bo‘ldi va bundan juda xursandman.
Bu g‘alaba — butun jamoamizning mehnati. Murabbiylar shtabi, futbolchilar, shifokorlar, ma’muriy xodimlar, oshpazimiz va media xodimlarining barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, alohida Termizdan uzoq yo‘l bosib kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Bu g‘alabada ularning ham hissasi katta.
— Dzebniauri ancha vaqt zaxirada qolib ketdi. Hozir esa o‘yindan-o‘yinga o‘zini ko‘rsatib, ochilib bormoqda. Uni qanday ruhlantira oldingiz?
— Tornike — yaxshi va sifatli futbolchi. Albatta, o‘yindagi ayrim xatoliklari sabab birinchi davrada ancha vaqt zaxirada qoldi. Ammo hozir u o‘z ustida ishlab, o‘z imkoniyatidan unumli foydalanmoqda va o‘yindan-o‘yinga o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib boryapti.
Menimcha, eng muhimi — har bir futbolchi maydonga tushganida o‘ziga yuklatilgan vazifani to‘liq bajarishi kerak. U legioner bo‘ladimi yoki mahalliy futbolchi bo‘ladimi, farqi yo‘q. Har bir futbolchiga imkoniyat beriladi, undan foydalanish esa futbolchining o‘z qo‘lida.
Fursatdan foydalanib, Qo‘qon-1912 jamoasiga kelgusi uchrashuvlarda omad tilayman.
Surxon o'z maydonida Qo'qon 1912 jamoasini Dzebniaurining goli evaziga mag'lub etdi.
90+4'|Uchrashuv yakunlandi va jamoamizdan ajoyib g'alaba
🟡SURXON 1:0 QO'QON 1912🔵
Dzebniauri 8' (1:0)
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich Bunyodkorga qarshi o‘yin va jamoasining o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich: - Juda jangovar o‘yinni ko‘rdik. "Bunyodkor" yosh futbolchilari va yangi murabbiyi evaziga bu o‘yinga yaxshi kayfiyatda kelishini bilgandik. Klubning akademiyasi juda yaxshi, 21-22 yoshli tayyor futbolchilar chiqmoqda. Ular bilan yaxshi futbol o‘ynasa bo‘ladi. "Bunyodkor" uchun afsusdaman, bunday yigitlarni, bu klubni saqlab qolish kerak. Ularga omad tilayman va chiroyli o‘yin uchun rahmat aytaman. O‘zimizga keladigan bo‘lsak, barchasi o‘rtacha bo‘ldi. Yaxshi tomonlar ham yomonlari ham bor. O‘z golimizni urib olganimiz uchun katta bosimga duch keldik.
- Bittagina gol urilgan bo‘lsa-da, ikkala jamoada ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi.
- Ochiq o‘yin bo‘ldi. Jamoalar shunday o‘yin ko‘rsatishga tayyor. Tezlik ko‘rsatishyapti, taslim bo‘lishmayapti. Qiziqarli o‘yinlar ko‘paymoqda.
- "Bunyodkor"ga qarshi o‘tgan safargi o‘yin ham deyarli shunday bo‘lgandi: "Lokomotiv"da ko‘p vaziyat bo‘lmagan, lekin realizatsiya yaxshi bo‘ldi. Bugun esa "Bunyodkor"da ham Sizning jamoangizda ham yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. "Lokomotiv" 6-7ta gol urishi ham mumkin edi.
- Futbol shunaqa. Ba’zida to‘rtta vaziyatdan to‘rtta ursa bo‘ladi, ba’zida 12tadan 1ta. Balki bunda hujumchining mahoratini ayblash mumkindir. Lekin kecha "Al Ahli"ga qarshi o‘yinda katta pul olayotgan hujumchining gol ura olmayotganini ham ko‘rishimiz mumkin. Muhimi biz vaziyatlar yaratyapmiz, bu yaxshi. Vaziyatlar yaratmaslik esa juda yomon. Bu esa o‘yin uslubiga bog‘liq. Biz esa bundan mamnunmiz.
O'zbekiston Kubogi doirasidagi bahsda "Lokomotiv" "Bunyodkor"ni mag'lub etib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Biz chorak finaldamiz!
Kubok doirasidagi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlandi.
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich Mash'alga qarshi o'yin, jamoaning maqsadlari hamda o'zining murabbiylik falsafasi haqida gapirdi.
Mirko Yelichich: - "Mash’al"ni oxirigacha kurashayotgani bilan tabriklayman. Ular maydonda qo‘rqmay harakat qilishmoqda. O‘yin oson kechmadi. To‘liq 90 daqiqa "yopiq" futbol o‘ynab bo‘lmasligini bilardik. Baribir zonalar ochilib qolardi. To‘xtovsiz bosim qilishimiz kerak muhim edi.
- Jamoa to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu siz uchun nimani anglatadi?
- To‘qqizta o‘yin qoldi. Biz musobaqa jadvaliga qaramayapmiz. O‘yinimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz. Birinchi navbatda jamoa o‘yini va uni yaxshilash. Shunda ko‘nglim to‘ladi.
- Demak, bugungi o‘yindan qoniqdingizmi?
- Menga nechanchi o‘rinni egallashimiz muhim emas, ochig‘i. Muhimi, ushbu mavsumdan ko‘proq futbolchilarni tarbiyalash. Faqat egallaydigan o‘rnimiz eng muhimi emas.
- Ja’far Bahodirovni maydonga tushirishingizga sabab hisob bo‘ldimi yoki o‘yindan oldin ham shuni reja qilganmidingiz?
- Jamoaga ko‘proq kuch kerak edi. Temurxo‘ja va Sardor charchab qolishdi. Abduholiqov to‘psiz ham ko‘p harakat qilmoqda. Ja’far esa kuchga to‘la bo‘lib maydonga tushdi.
- To‘rt kundan so‘ng Kubokda "Bunyodkor" bilan o‘ynaymiz, keyin esa besh kun o‘tar-o‘tmas "Neftchi" bilan. Tiklanishga vaqt yetyaptimi?
- Yo‘q. Shunchaki qanday tiklanish tizimi o‘zgaradi. Biz hozir e’tiborni o‘yindagi jarayonlarga qaratdik. Shuning uchun, hozir qanday yo‘l tutishni bilamiz. "Bunyodkor"ga qarshi "Mash’al" bilan qilgan o‘yinimizni qilmaymiz.
- Yelichich jamoalari juda barqaror o‘yin namoyish etadi va sekinlik bilan o‘yinni yaxshilab boradi. Qaysi mashhur murabbiylarni kuzatasiz va ulardan nimalarni o‘rganasiz?
- Mening sevimli jamoam - "Liverpul". Klopp davridagi futbol yoqardi. Juda intensiv edi. O‘yinni nazorat qilish bo‘yicha esa "Barselona", o‘z vaqtida Byelsa ham "Lids"da yaxshi ishlagandi. Hozir "Komo"ni misol sifatida keltira olaman. Fabregas ko‘p narsani o‘zgartirdi. Men uchun muhimi pozision o‘yin.
Surxon bosh murabbiyi Bunyodkor bilan o'yin, jamoaning hujum chizig'idagi muammolar hamda yosh futbolchilarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdi.
O‘yin haqida fikrlaringiz
Assalomu alaykum. Qiziqarli va murosasiz o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoaga ham ochko juda zarur edi. Shunga qaramay, yaxshi futbol namoyish etildi.
Men uchun “Bunyodkor” jamoasi begona emas. Ularning futbol falsafasi va o‘yin uslubini yaxshi bilaman. Qaysi tarkib bilan maydonga tushishidan qat’i nazar, ular doimo yaxshi futbol ko‘rsatishga harakat qiladi.
Bizning futbolchilar ham bugun yaxshi o‘yin namoyish etishdi, juda katta mehnat qilishdi. Ular bu uchrashuvda bizga ochko qanchalik muhimligini yaxshi anglashgan edi.
Termizdan kelib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ularning yordami biz uchun juda muhim.
“Surxon” so‘nggi o‘yinlarda gol ura olmayapti. Jamoaga hujumchi qanchalik yetishmayapti?
Buni faqat men emas, statistika ham ko‘rsatib turibdi. Bu muammo nafaqat bizda, balki ko‘plab jamoalarda ham mavjud.
Albatta, kerakli vaziyatlarda maydonning holati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Olmaliqdagi stadion maydonida biroz notekislik va namlik bor edi. Lekin bu bizning vaziyatlardan foydalana olmayotganimizga asosiy sabab bo‘lmasligi kerak.
Biz juda ko‘p vaziyatlar yaratyapmiz. Mirjalol Qosimov ham ta’kidlaganlaridek, jamoamiz yetarlicha imkoniyatlar yaratyapti, ammo yakuniy nuqtada muammo bor.
Bugun ham yaxshi vaziyatlar yaratdik, lekin ularni golga aylantirishda qiynaldik. Yosh futbolchilarimiz bor, ammo ularga vaqt kerak. Agar ular mavjud imkoniyatlardan samarali foydalana olishsa, balki bugun boshqa darajada — legioner sifatida faoliyat yuritayotgan bo‘lishardi.
Biz ishlashda davom etamiz. Balki jamoamiz uchun yana yangi futbolchi kashf etarmiz.
“Guliston”ga qarshi o‘yinda kutilmagan natija qayd etildi va jamoa kubokni tark etdi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
Bu natija kimlargadir kutilmagan tuyulishi mumkin. Ammo “Guliston” juda yaxshi shakllangan jamoa.
Guruh bosqichida “Buxoro” ham ushbu jamoaga mag‘lub bo‘lgan edi. “Buxoro” har bir uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘radigan, juda ahil jamoalardan biri. Har bir futbolchisi o‘yin oxirigacha bor kuchini berishga harakat qiladi. Ularni shartli ravishda “Bavariya”ga o‘xshatish mumkin — mashinadek bir maromda harakat qiladigan jamoa. Ammo ular ham “Guliston”ga mag‘lub bo‘lishdi. Bizning o‘sha uchrashuvimizda ham vaziyatlar bo‘lgan, biroq ulardan foydalana olmadik. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Qaysi jamoa doimo yutadi? Hatto “Real Madrid” ham quyi liga vakiliga mag‘lub bo‘lgan holatlar bor. Menimcha, futbolning qiziq tomoni ham shunda.
“Surxon” “Guliston”ga qarshi o‘yinga raqibni mensimasdan tushgan degan fikrga qo‘shilasizmi?
Yo‘q, bunga qo‘shilmayman. Bizning tarkibimizda yosh futbolchilar ham maydonga tushdi. Ularga qachondir imkoniyat berishimiz kerak.
Biz deyarli bir tarkib bilan o‘yinlar o‘tkazib kelyapmiz. Futbolchilarga dam berishimiz, yoshlarimizga ham ishonch bildirishimiz zarur.
Xudo ko‘rsatmasin, asosiy tarkibdagi biror futbolchi jarohat olsa yoki kartochkalar sababli maydonga tusha olmasa, uning o‘rniga kimni tushiramiz? Yosh futbolchiga imkon bermasak, u o‘z-o‘zidan tajriba orttirmaydi.
Yosh futbolchi “Menga o‘n ta o‘yindan beri imkon berishmayapti, ammo birdaniga mendan katta natija talab qilishyapti”, deb o‘ylashi mumkin. Bu esa to‘g‘ri emas.
Biz ularga imkoniyat berishimiz, ishonishimiz kerak. Besh qo‘l barobar emas, albatta. Lekin har bir futbolchiga imkoniyat berib, uning imkoniyatlarini ko‘rishimiz zarur. “Guliston”ga qarshi uchrashuvda ham vaziyatlar bo‘lgan.
Birinchi bo‘limda standart vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadi jamoa. Ikkinchi bo‘lim esa qiziqarliroq kechdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi?
Biz har bir futbolchimizga ishonishimiz kerak. Ularga asta-sekin imkoniyat berib borishimiz zarur. Agar imkoniyat bermasak, ular tajribani qanday orttiradi? PlayStation o‘ynab o‘rganishmaydi-ku. Ular maydonga tushishi, xato qilishi va shu xatolar ustida ishlashi kerak.
Keyin biz ularni tahlil qilib, xatolarini ko‘rsatib, tushuntirishimiz lozim.
O'zbekiston chempionati doirasidagi bahsda "Surxon" safarda "Bunyodkor" ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi.
90+4' | Daminovdan zarba
Bunyodkor 0:1 Surxon
Dzebniauri 77' (0:1)
«Bunyodkor» klubi Ivan Boshkovichni bosh murabbiyi sifatida Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi.
«Bunyodkor» klubi Ivan Boshkovichni bosh murabbiyi sifatida Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Chernogoriyalik mutaxassis Ivan Boshkovich “Bunyodkor” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Ivan Boshkovich - “Bunyodkor” bosh murabbiyi!
Murabbiylik faoliyatini jamoamizda boshlagan chernogoriyalik mutaxassis yana Toshkentga qaytdi. “Qaldirg‘ochlarimiz” mavsumning ikkinchi qismini Ivan Boshkovich qo‘l ostida o‘tkazadi.
Murabbiy eski va yangi shogirdlari bilan Superliganing 20-turidan o‘rin “Bunyodkor” - “Surxon” uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
«Lokomotiv» bosh murabbiyi Mirko Yelichich «Bunyodkor»ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoasidagi tajribali futbolchilar, Jasur Yaxshiboyev va Temurxo‘ja Abduxoliqov haqida gapirdi.
Mirko Yelichich: «Bu uchrashuvning oson o‘tmasligini oldindan bilardik. Ayrim paytlarda raqiblar bizdan ustunlik qilishdi. Klubdagi bunday qiyin holatda ular o‘z ishlarini yaxshi qilishayotganligi yaxshi holat. Klub bunday sifatli futbolchilarni saqlab qolishayotganligi yoqimli. Biroq ishlarning o‘xshayotgani yoki o‘xshamayotganini baholash juda og‘ir. Hisobning 4:1 bo‘lib ketganligi o‘yinning darajasini ko‘rsata olmaydi. «Bunyodkor»ning bunday qiyin holatda yaxshi kurash taklif qilganidan xursandman».
— O‘tgan 3 o‘yinda Nikita Shevchenko «Lokomotiv» darvozasini qo‘riqladi. Bugungi uchrashuvda ham uni darvozaga qo‘yishni o‘ylab ko‘rdingizmi?
«Nikitada ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun vaqt bo‘lgani yaxshi holat. Biroq ayni damda Aleksey Kozlov — jamoaning asosiy darvozaboni. Hudo xohlasa zaxiradagi ikkala darvozabonimizga ham yil oxiriga qadar imkoniyat bermoqchimiz».
— Mavsum boshida «Lokomotiv» yoshi katta futbolchilarni tarkibiga qo‘shib olganini muxlislar tanqid qilishgandi. Lekin hozir natijani shu futbolchilar qilib berishmoqda. Yoshi katta futbolchilarning jamoadagi o‘rni qanday?
«Bu tajribali futbolchilarni, ularning sifatini biz avvaldan bilardik. Agarda jamoaga keladigan futbolchilarning nimalarga qodirligini, qanday xarakterga ega ekanligini bilsangiz, ular bilan nimalar qila olishingizni oldindan tasavvur qila olasiz. Tarkibimizga yaxshi futbolchilar, yaxshi insonlar kelishgan. Futbolchi bilan to‘g‘ri ishlasangiz, hech qanday munozaralar bo‘lmaydi. Siz unga qanday mashg‘ulot bersangiz, o‘yinda shunday mevasini olasiz. Futbolchi o‘zini professional tutib, har tomonlama o‘ziga qarasa, 40 yoshgacha ham futbol o‘ynay olishadi. Bu yigitlar o‘zlarini professional kabi tutishmoqda. Yana bir zo‘r tomoni shundaki, tarkibdagi yosh futbolchilar bu tajribali insonlardan ko‘p narsalarni olishadi».
— «Lokomotiv» ayrim o‘yinlarda 4 himoyachi, ba’zilarida esa 5 himoyachi bilan o‘ynamoqda. Sizning o‘yin uslubingiz qanday?
«Menga ikkalasi ham ma’qul. Murabbiylik faoliyatimning katta qismi 4 himoyachili uslub bilan o‘tgan. Agarda faqatgina bir xil sxemada o‘ynayversangiz boshqa murabbiylar sizni o‘qib olishadi. Men buni ushbu mavsumda o‘zgartirishga harakat qildim, biroq bu bizning o‘yin uslubimizga mos emasligini aytishdi. Shu orqali 5 himoyachili uslubni olib tashladim. Biz yaxshi mehnat qilyapmiz va istalgan paytda sxemalarni o‘zgartira olamiz. Umuman olganda bu tarkibdagi futbolchilarning sifatiga bog‘liq. Masalan tarkibingizda Aleksandar Shushnyar kabi himoyachi bo‘lsa, markaziy himoyaga katta kuch qo‘shiladi va 4 himoyachili taktikada o‘ynasa bo‘ladi. Bu raqibning o‘yin uslubiga, ularning qurayotgan jamoasiga, futbolchilarning sifatiga ham borib taqaladi».
— Ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol urgan Jasur Yaxshiboyev haqida nima deya olasiz?
«U xavfli futbolchi, o‘zgacha sifatlari bor. Mashg‘ulotlar davomida uni ochib borishga harakat qilyapmiz. Ayrim vaziyatlarda unga hech narsa kerak emasligi, o‘zi holatlardan chiqib ketayotganligini ko‘ryapmiz, ba’zi paytlarda esa muhim sifatlar yetishmayotgani sezilmoqda. Umumiy olib qarasak, u jamoaga katta yordam beryapti».
— Temurxo‘ja Abduxoliqovning jamoa bilan bo‘lishi qanchalik muhim?
«Hozir unga og‘ir. Oilasi bilan ham bu borada gaplashdik. Endi sekinlik bilan bu holatdan chiqib ketish kerak. Biz bundan og‘ir holatni tasavvur ham qila olmaymiz. Temurxo‘jaga rahmat aytaman, u shu holatdan chiqib ketish uchun harakat qilmoqda. O‘z navbatida biz ham unga yordam berish uchun qo‘limizdan kelganini qilyapmiz. Ammo barchasi uning o‘ziga bog‘liq. Umid qilamanki, bundan keyin u oldingidek jamoaga yordam beradi».
O'zbekiston Superligasining 19-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi. "Lokomotiv" yirik hisobda g'alaba qozondi, "Navbahor" esa safarda zafar quchdi.
⚽ Superliga. 19-tur
QIZILQUM 0:0 NASAF
LOKOMOTIV 4:1 BUNYODKOR
Shodiyor Shodiboyev, 6 (1:0), Sardor Mirzayev, 36 (2:0), Jasur Yaxshiboyev, 43 (3:0), Sardor Rahmonov, 61 penalti (3:1), Suhrob Nurulloyev, 70 (4:1)
MASH'AL 0:2 NAVBAHOR
Jasurbek Jaloliddinov, 20 (0:1), Shohruhbek Abdurahmonov, 68 (0:2)
Mirko Yelichich "Xorazm" ustidan qozonilgan g'alaba va "Bunyodkor"ga qarshi bo'lajak bahs haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich: - Og'ir o'yin bo'ldi. "Xorazm" o'z maydonida o'ynayotgani sababli oxirigacha kurashishini bilardik. O'yin davomida biz ham sun'iy maydonga moslashib bordik. O'tgan haftada Temurxo'ja Abduxoliqov bilan bog'liq holatdan keyin biz ham bunga ko'nikishimiz kerak. Bu holat jamoaga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Lekin bugun o'zimizni ko'rsatib, yaxshi o'yin namoyish qilganimiz yoqimli bo'ldi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik.
- Keyingi o'yin uchun rejalar qanday?
- Har bir raqib o'zgacha. "Bunyodkor"ni o'rganib chiqamiz. Har yangi haftada yangi raqib, yangi tizimni ko'ramiz. Bilamiz, "Bunyodkor" hozir biroz og'irroq holatda. Ularni o'z maydonimizda qabul qilamiz. Yaxshi maydon, bunda "Bunyodkor" ham yaxshi o'yin ko'rsatadi. Biz esa tartibli bo'lishimiz kerak.
"Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan O'zbekiston futbolidagi holat bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Superliga 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Mash'al" (2:0) uchrashuvidan so'ng "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Sergey Lushchan: "Terma jamoa Jahon chempionatiga chiqqanidan keyin futbolda bum bo'lishi kerak edi, lekin vaziyat boshqacha tus oldi".
Murabbiy "Mash'al"ga qarshi o'yin, hakamlar bilan bog'liq vaziyat va Doriyevning klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida gapirib o'tdi.
O'yin haqida fikringiz?
Uchrashuvni yaxshi boshladik, tezkor vaziyat sodir etib gol urdik. Ikkinchi taym boshida ham tezkor to'p kiritdik, uchinchi golni urganimizdan so'ng yengil o'yinga o'tdik. Shundan so'ng "Mash'al" ham o'z imkoniyatidan foydalandi. Raqib qanotlar orqali qarshi hujumda o'ynashini bilardik va shunga ko'ra hozirlik ko'rgandik. Ikkita ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng yutib olganimiz yaxshi bo'ldi. Futbolchilarimiz ruhi ko'tarildi, turnir jadvalida o'z mavqeimizni yaxshilab oldik. Jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.
"Mash'al"ning hisobga olinmagan golida yon hakamga ko'p e'tiroz bildirdingiz va natijada sariq kartochka oldingiz. Nima uchun aynan qanot hakamiga ko'p e'tirozlar bo'ldi?
Menga holat shunday ko'rindiki, "Mash'al"ning hujumi paytida raqib o'yinchisi to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bu vaziyatda o'yinni to'xtatish kerak bo'ladi, lekin bahs davom ettirildi va "Mash'al" gol urdi. Shu bois men hakamga o'z fikrimni aytdim.
Maydonga yoshlarni o'yin tugashiga kam vaqt qolganida tushirdingiz. O'yin amaliyoti uchun bu kamlik qilmaydimi?
Superligada o'ynash uchun avvalo buni isbotlash kerak. Biz murabbiylar futbolchilarni kuzatib boramiz va shunga qarab ularning maydonda harakat qilishini belgilaymiz. Kim nimaga loyiq bo'lsa, shuni oladi. Shuning uchun bugun ba'zilarga dam berdik, ba'zilar ko'p o'ynadi, ba'zilar kam. Bu borada ish ketyapti. To'g'ri, hamma ko'proq o'ynashni xohlaydi, lekin har bir xato golga olib kelishi mumkin. Shu bois har qanday raqibni hurmat qilgan holda o'yin ko'rsatamiz. Shuningdek, tavakkal qilishni xohlamayman.
Doriyevning klub bilan qancha muddat shartnomasi bor va kelasi yil ham jamoada qoladimi?
Doriyev yaqinda klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Adashmasam, uch-to'rt yilga uzaytirdi. Uning o'yinga o'zini bag'ishlashi, mahorati bizga qo'l kelyapti. Doriyev ko'zi yonib futbol o'ynaydi. Shu qatorda yoshlarga o'rnak bo'lib kelyapti va legioner sifatida maydonda o'zini namunali tuta olyapti.
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Mash'al" – "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Mash'al" – "So'g'diyona" (1:3) uchrashuvidan keyin "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Sergey Lushchan: "Agar g'alaba qozonganimizda bu biz uchun olti ochkoga teng bo'lardi".
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Bunyodkor jamoasining ashaddiy ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shuni ma’lum qilamizki, klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi.
Buning uchun yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida katta islohotlar olib borayotgan davlatimiz rahbariga va hukumatimiz rasmiylariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bunyodkor Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga reja asosida tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi.
Bunyodkor klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Navoiyga safar qila olmasligini ma'lum qildi.
🔵 Bunyodkor moliyaviy qiyinchiliklar sabab Navoiyga bora olmasligini ma’lum qildi.
Bunyodkor futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar yuzasidan rasmiy bayonot berib, vaziyatdan chiqish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirgan holda quyidagilarni ma’lum qiladi: avvalo Bunyodkor futbol klubining bugungi kuni uchun qayg‘urayotgan OAV xodimlari, muxlislar, bloggerlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Klubimiz iqtisodiy tomondan qiyin kunlarni boshdan o‘tkazayotgani rost. Ammo o‘zining ajoyib tarixi, katta infratuzilmasi, ikki yulduzli akademiyasiga ega klubimiz vaziyatdan chiqish uchun jiddiy ish olib bormoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining qarori bilan hukumatimiz tomonidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni klub hisob raqamiga yo‘naltirishni tezlashtirish, qolaversa, klubga homiy biriktirish masalalari bo‘yicha ishlar jadallashgan. Jamoamiz ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shunga umid qilamizki, davlatimiz rahbari yurtimizda futbolga juda katta e’tibor qaratayotgan bir davrda Bunyodkor futbol klubidagi vaziyat hukumatimiz tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaydi.
Doston Hamdamov "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan to'p "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi tarixiy 2200-goliga aylandi.
"Bunyodkor" bilan uchrashuvda Doston Hamdamov kiritgan to'p "Sherlar"ning O'zbekiston chempionatidagi 2200-goliga aylandi.
Milliy chempionatlardagi ilk golimizni Oleg Sinelobov 1992-yil Kosonsoyda "Kosonsoychi" jamoasi darvozasiga urgan. 100-gol esa Shuhrat Maqsudov hisobiga yozilgan. Himoyachi bo'lishiga qaramay, Ulug'bek Ro'zimov ikki bor yubiley gollari muallifiga aylangan. Zayniddin Tojiyev, Aleksandr Geynrix va Igor Sergeyev ham shunday natijaga erishganlar. Geynrix "Paxtakor"ning 1000-golini urgani e'tiborga molik. 2005-yil Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bellashuvda u bunga muvaffaq bo'lgan. 2000-gol 2022-yil Bekoboddagi bahsda Aziz Turg'unboyev hisobiga yozilgan.
Quyida yubiley gollar mualliflari bilan tanishing:
1 - Oleg Sinelobov
100 - Shuhrat Maqsudov
200 - Ulug'bek Ro'zimov
300 - Ulug'bek Ro'zimov
400 - Samad Narziqulov
500 - Igor Shkvirin
600 - Soli Qurbonov
700 - Leonid Koshelev
800 - Server Jeparov
900 - Zayniddin Tojiyev
1000 - Aleksandr Geynrix
1100 - Iheruome Uche
1200 - Zayniddin Tojiyev
1300 - Aleksandr Geynrix
1400 - Sherzod Karimov
1500 - Oybek Qilichev
1600 - Stanislav Andreyev
1700 - Igor Sergeyev
1800 - Marat Bikmayev
1900 - Igor Sergeyev
2000 - Aziz Turg'unboyev
2100 - Abdulla Abdullayev
2200 - Doston Hamdamov
«Bunyodkor» stadioni maysasi o'yin uchun to'liq tayyor emasligi sababli, mazkur jamoalar o'rtasidagi derbi «Paxtakor» stadionida bo'lib o'tadi.
«Bunyodkor» stadioni maysasi o'yin uchun to'liq tayyor emasligi sababli, mazkur jamoalar o'rtasidagi derbi «Paxtakor» stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.