"Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan O'zbekiston futbolidagi holat bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Superliga 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Mash'al" (2:0) uchrashuvidan so'ng "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Sergey Lushchan: "Terma jamoa Jahon chempionatiga chiqqanidan keyin futbolda bum bo'lishi kerak edi, lekin vaziyat boshqacha tus oldi".
Murabbiy "Mash'al"ga qarshi o'yin, hakamlar bilan bog'liq vaziyat va Doriyevning klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida gapirib o'tdi.
O'yin haqida fikringiz?
Uchrashuvni yaxshi boshladik, tezkor vaziyat sodir etib gol urdik. Ikkinchi taym boshida ham tezkor to'p kiritdik, uchinchi golni urganimizdan so'ng yengil o'yinga o'tdik. Shundan so'ng "Mash'al" ham o'z imkoniyatidan foydalandi. Raqib qanotlar orqali qarshi hujumda o'ynashini bilardik va shunga ko'ra hozirlik ko'rgandik. Ikkita ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng yutib olganimiz yaxshi bo'ldi. Futbolchilarimiz ruhi ko'tarildi, turnir jadvalida o'z mavqeimizni yaxshilab oldik. Jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.
"Mash'al"ning hisobga olinmagan golida yon hakamga ko'p e'tiroz bildirdingiz va natijada sariq kartochka oldingiz. Nima uchun aynan qanot hakamiga ko'p e'tirozlar bo'ldi?
Menga holat shunday ko'rindiki, "Mash'al"ning hujumi paytida raqib o'yinchisi to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bu vaziyatda o'yinni to'xtatish kerak bo'ladi, lekin bahs davom ettirildi va "Mash'al" gol urdi. Shu bois men hakamga o'z fikrimni aytdim.
Maydonga yoshlarni o'yin tugashiga kam vaqt qolganida tushirdingiz. O'yin amaliyoti uchun bu kamlik qilmaydimi?
Superligada o'ynash uchun avvalo buni isbotlash kerak. Biz murabbiylar futbolchilarni kuzatib boramiz va shunga qarab ularning maydonda harakat qilishini belgilaymiz. Kim nimaga loyiq bo'lsa, shuni oladi. Shuning uchun bugun ba'zilarga dam berdik, ba'zilar ko'p o'ynadi, ba'zilar kam. Bu borada ish ketyapti. To'g'ri, hamma ko'proq o'ynashni xohlaydi, lekin har bir xato golga olib kelishi mumkin. Shu bois har qanday raqibni hurmat qilgan holda o'yin ko'rsatamiz. Shuningdek, tavakkal qilishni xohlamayman.
Doriyevning klub bilan qancha muddat shartnomasi bor va kelasi yil ham jamoada qoladimi?
Doriyev yaqinda klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Adashmasam, uch-to'rt yilga uzaytirdi. Uning o'yinga o'zini bag'ishlashi, mahorati bizga qo'l kelyapti. Doriyev ko'zi yonib futbol o'ynaydi. Shu qatorda yoshlarga o'rnak bo'lib kelyapti va legioner sifatida maydonda o'zini namunali tuta olyapti.
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Mash'al" – "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Mash'al" – "So'g'diyona" (1:3) uchrashuvidan keyin "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Sergey Lushchan: "Agar g'alaba qozonganimizda bu biz uchun olti ochkoga teng bo'lardi".
Bunyodkor futbolchisi Bilolxon Toshmirzayev jamoa qarorgohidagi noqulay sharoitlar va o'yinga tayyorgarlik jarayonidagi muammolar haqida so'zlab berdi.
Bilolxon Toshmirzayev Bunyodkor klubidagi hozirgi holat haqida gapirdi.
Kecha, o'yindan bir kun avval jamoamiz qarorgohida chiroq o'chib qolgan va bir kun davomida u yerda chiroqsiz o'tirdik. Aniqrog'i uxlay olmadik. O'yin kuni kunduz vaqti 2 soatga uxlab oldik. O'yin kuni toliqib qolgandik, charchoq bor edi. Kulguli tuyulishi mumkin, ammo bu rost.
Murabbiy mag'lubiyat sabablari, jamoa himoyasidagi muammolar hamda klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— O'yin haqidagi fikringiz?
— Fikr aytmasdan ketsa ham bo'ladi-ya (kuladi). Xo'sh, nimadir aytishning o'zi mushkul. 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdik. Haqli mag'lubiyat bo'ldi, himoyada bunaqa o'yin ko'rsatmasligimiz kerak edi. Hozir nimadir orzu qila olmaymiz, ishlashda davom etamiz, oldimizda boshqa variant yo'q. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun g'alaba qozonganimizda bu biz uchun olti ochkoga teng bo'lardi. Lekin afsus...
— Bugun asosiy gollarni Lyupcho Doriyev urdi.
— Nega shunday bo'lganini Doriyevning o'zidan so'rash kerak. U yaxshi futbolchi. Agar unga jarima maydonchasi yaqinida zarba yo'llash imkonini bersangiz, odatda gol bilan tugaydi. Boshqalar ura olmadi, lekin Doriyev urdi.
— Azizbek Choriyevning o'yini haqidagi fikringiz?
— Markaziy himoyada muammolar borligi sabab shu futbolchini o'ynatdik. O'rinbosarlarimizdan to'rt nafari muntazam asosiy tarkib bilan shug'ullanib kelyapti. Xolmatovni, Choriyevni ko'rdingiz. Tez orada boshqa o'yinchilarni ham ko'rasiz. Choriyev himoyada zo'r o'ynadimi? Yo'q. Lekin birinchi o'yini bo'lgani uchun yomon emas.
— Ibrohimovning jarohati haqida?
— U tizzasidan jarohat oldi va tez orada sog'ayib safimizga qaytadi deb umid qilib qolamiz.
— "Bunyodkor" mablag' yo'qligi sabab safar o'yiniga bora olmadi. "Mash'al"da ham moliyaviy qiyinchiliklar bor. Klubning boshiga "Bunyodkor" holati tushmasmikin?
— "Bunyodkor"dagi vaziyatni to'liq bilmayman. Bizda esa holat boshqalar kabi, qariyb yarim yildan beri maosh olmayapmiz. "Bunyodkor" o'yinini boshqa kunga qoldirish imkoniyati ko'rib chiqilsa bo'lardi, yanayam aniqini bilmadim. Hammamiz vaziyat o'nglanishiga umid qilyapmiz. Superliganing yarim jamoasida qiyinchilik bor deb o'ylayman. Tez orada hammasi joyiga tushsa kerak.