Bunyodkor Superligadagi 11 o'yinlik mag'lubiyatli seriyasini to'xtatdi. Jamoa so'nggi bor 29-aprel kuni g'alaba qozongandi.
Bunyodkor’ning Superligada davom etgan 11 oʻyinlik magʻlubiyatli seriyasi poyoniga yetdi. Qaldirgʻochlar soʻnggi bor 29-aprel sanasida Navbahor ustidan gʻalabaga erishgan edi
Jarohat olgan "Navbahor" vingeri Muhammadali G'iyosov shifoxonadan chiqib, klub qarorgohiga qaytdi. Futbolchi shifokorlar nazoratida qolmoqda.
"Bunyodkor" jamoasiga qarshi o'yin startini yuqori tempda boshlab, dastlab gol urib, keyin penalti ishlab, eng yaxshi o'yinchi bo'lib turgan, jamoamizning tezkor vingeri Muhammadali G'iyosov o'yinning 35-daqiqasida jarohat olib o'yingohdan tez tibbiy yordam mashinasida olib ketilgan edi.
Shifoxonaga olib ketilgan G'iyosov bir muddat shifoxonada bo'ldi. Unga zaruriy tibbiy yordam va muolajalar qilinib, futbolchining holati nazoratga olindi. Muhammadali bir nechta tibbiy ko'riklardan o'tkazildi. Hozirda futbolchi klub qarorgohiga qaytib keldi. U o'zini yaxshi his qilmoqda. Shunday bo'lsa-da, klub shifokorlari nazoratida turibdi. Umid qilamizki, Muhammadali G'iyosov tez orada jamoa safiga qaytadi. Futbolchi qachondan mashg'ulotlarga qo'shilishi tibbiy ko'riklarning natijasidan keyin ma'lum bo'ladi.
Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qilib, joriy mavsumning eng yosh futbolchisiga aylandi.
Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qildi va ushbu mavsum maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi (16 yosh, 295 kunlik).
Ma'lumot uchun, 2025-yilda ham Bunyodkor jamoasi futbolchisi mavsumda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan edi.
Paxtakor O‘zbekiston chempionatida o‘zining 2200-golini urdi. Bu natijaga Bunyodkorga qarshi o‘yinda Doston Hamdamov erishdi.
Paxtakor O‘zbekiston chempionatida 2200-golini urdi. Bunyodkor bilan uchrashuvda Doston Hamdamov kiritgan to‘p «sherlar»ning O‘zbekiston chempionatidagi 2200-goliga aylandi.
Kostromaning «Spartak» klubi legioner bilan bog'liq qoidabuzarlik tufayli ochkolaridan mahrum etilishi yoki turnirdan chetlatilishi mumkin.
«Spartak» klubi legioner bilan bog'liq muammo tufayli 5 ochkodan mahrum etilishi mumkin: Kostroma jamoasi tarkibida ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo'lmagan xorijlik futbolchi ketma-ket 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Gap yaqinda «Bunyodkor»dan o'tgan chernogoriyalik Marko Bugarin haqida bormoqda.
Uning Rossiyada qonuniy ishlashi uchun hujjatlar Ichki ishlar vazirligida ko'rib chiqilmoqda va futbolchi ularni hali qo'liga olmagan. Demak, u futbol o'ynash huquqiga ega emas. Biroq, Marko «Tekstilshik» (0:0), «Yenisey» (2:2) va «SKA-Xabarovsk» (3:1)ga qarshi o'yinlarda maydonga tushdi.
Shunday qilib: agar «Spartak» legionerdan qoidalarga zid ravishda foydalangani isbotlansa, jamoaga 3 ta texnik mag'lubiyat (0:3) yozilishi kerak. Bu Kostroma jamoasini 5 ochkodan mahrum qilib, turnir jadvalida 15-o'ringa tushirib yuboradi, Krasnoyarsk klubini esa 3-o'ringa ko'taradi.
Karp xabariga ko'ra, agar klub FNLga Bugarin uchun soxta yoki qoidabuzarlik bilan olingan ish ruxsatnomasini taqdim etgani aniqlansa, ish «Spartak»ning musobaqadan chetlatilishi bilan yakunlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Bunyodkor jamoasining ashaddiy ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shuni ma’lum qilamizki, klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi.
Buning uchun yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida katta islohotlar olib borayotgan davlatimiz rahbariga va hukumatimiz rasmiylariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bunyodkor Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga reja asosida tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi.
Bunyodkor futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar yuzasidan rasmiy bayonot berib, vaziyatdan chiqish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirgan holda quyidagilarni ma’lum qiladi: avvalo Bunyodkor futbol klubining bugungi kuni uchun qayg‘urayotgan OAV xodimlari, muxlislar, bloggerlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Klubimiz iqtisodiy tomondan qiyin kunlarni boshdan o‘tkazayotgani rost. Ammo o‘zining ajoyib tarixi, katta infratuzilmasi, ikki yulduzli akademiyasiga ega klubimiz vaziyatdan chiqish uchun jiddiy ish olib bormoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining qarori bilan hukumatimiz tomonidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni klub hisob raqamiga yo‘naltirishni tezlashtirish, qolaversa, klubga homiy biriktirish masalalari bo‘yicha ishlar jadallashgan. Jamoamiz ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shunga umid qilamizki, davlatimiz rahbari yurtimizda futbolga juda katta e’tibor qaratayotgan bir davrda Bunyodkor futbol klubidagi vaziyat hukumatimiz tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaydi.
Shuhrat Maqsudov «Bunyodkor» futbol akademiyasining bosh direktori etib tayinlandi. Mutaxassis o‘zbek futbolidagi boy tajribasi bilan akademiyaga hissa qo‘shadi.
Shuhrat Maqsudov o‘zbek futbolida katta tajriba va boy faoliyatga ega mutaxassis bo‘lib, futbolchi va murabbiy sifatida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Ularning bilim va tajribasi Akademiyada yosh futbolchilarni tarbiyalash, zamonaviy futbolni rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni professional futbolga tayyorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuhrat Maqsudovni yangi lavozimi bilan samimiy tabriklaymiz va ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik hamda Akademiyamiz ravnaqi yo‘lida yangi zafarlar tilaymiz.
Doston Hamdamov "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan to'p "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi tarixiy 2200-goliga aylandi.
"Bunyodkor" bilan uchrashuvda Doston Hamdamov kiritgan to'p "Sherlar"ning O'zbekiston chempionatidagi 2200-goliga aylandi.
Milliy chempionatlardagi ilk golimizni Oleg Sinelobov 1992-yil Kosonsoyda "Kosonsoychi" jamoasi darvozasiga urgan. 100-gol esa Shuhrat Maqsudov hisobiga yozilgan. Himoyachi bo'lishiga qaramay, Ulug'bek Ro'zimov ikki bor yubiley gollari muallifiga aylangan. Zayniddin Tojiyev, Aleksandr Geynrix va Igor Sergeyev ham shunday natijaga erishganlar. Geynrix "Paxtakor"ning 1000-golini urgani e'tiborga molik. 2005-yil Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bellashuvda u bunga muvaffaq bo'lgan. 2000-gol 2022-yil Bekoboddagi bahsda Aziz Turg'unboyev hisobiga yozilgan.
Quyida yubiley gollar mualliflari bilan tanishing:
1 - Oleg Sinelobov 100 - Shuhrat Maqsudov 200 - Ulug'bek Ro'zimov 300 - Ulug'bek Ro'zimov 400 - Samad Narziqulov 500 - Igor Shkvirin 600 - Soli Qurbonov 700 - Leonid Koshelev 800 - Server Jeparov 900 - Zayniddin Tojiyev 1000 - Aleksandr Geynrix 1100 - Iheruome Uche 1200 - Zayniddin Tojiyev 1300 - Aleksandr Geynrix 1400 - Sherzod Karimov 1500 - Oybek Qilichev 1600 - Stanislav Andreyev 1700 - Igor Sergeyev 1800 - Marat Bikmayev 1900 - Igor Sergeyev 2000 - Aziz Turg'unboyev 2100 - Abdulla Abdullayev 2200 - Doston Hamdamov