#Marko Bugarin — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Kostromaning «Spartak» klubi ochkolaridan mahrum etilishi mumkin

Kostromaning «Spartak» klubi ochkolaridan mahrum etilishi mumkin

Kostromaning «Spartak» klubi legioner bilan bog'liq qoidabuzarlik tufayli ochkolaridan mahrum etilishi yoki turnirdan chetlatilishi mumkin.

«Spartak» klubi legioner bilan bog'liq muammo tufayli 5 ochkodan mahrum etilishi mumkin: Kostroma jamoasi tarkibida ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo'lmagan xorijlik futbolchi ketma-ket 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Gap yaqinda «Bunyodkor»dan o'tgan chernogoriyalik Marko Bugarin haqida bormoqda.

Uning Rossiyada qonuniy ishlashi uchun hujjatlar Ichki ishlar vazirligida ko'rib chiqilmoqda va futbolchi ularni hali qo'liga olmagan. Demak, u futbol o'ynash huquqiga ega emas. Biroq, Marko «Tekstilshik» (0:0), «Yenisey» (2:2) va «SKA-Xabarovsk» (3:1)ga qarshi o'yinlarda maydonga tushdi.

Shunday qilib: agar «Spartak» legionerdan qoidalarga zid ravishda foydalangani isbotlansa, jamoaga 3 ta texnik mag'lubiyat (0:3) yozilishi kerak. Bu Kostroma jamoasini 5 ochkodan mahrum qilib, turnir jadvalida 15-o'ringa tushirib yuboradi, Krasnoyarsk klubini esa 3-o'ringa ko'taradi.

Karp xabariga ko'ra, agar klub FNLga Bugarin uchun soxta yoki qoidabuzarlik bilan olingan ish ruxsatnomasini taqdim etgani aniqlansa, ish «Spartak»ning musobaqadan chetlatilishi bilan yakunlanishi mumkin.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.