Dinamo ikki futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi
Samarqandning Dinamo klubi Davlatbek Qo'ldoshev va Hojiahmad Husanovni O'zbekiston Professional futbol ligasi ro'yxatidan o'tkazdi.
Samarqandning Dinamo klubi ikki nafar futbolchini O'zbekiston Professional futbol ligasi ro'yxatidan o'tkazdi.
Unga ko'ra, Davlatbek Qo'ldoshev va Hojiahmad Husanov jamoa tarkibida rasman ro'yxatdan o'tishdi. Futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar 2026-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi.