Laylo Tasheva: Sobiq jamoam darvozasiga gol urish oson kechmadi
Dinamo-W futbolchisi Laylo Tasheva sobiq jamoasiga qarshi kechgan bahs va kiritilgan gol haqida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Dinamo-W jamoasi futbolchisi Laylo Tasheva o'tgan uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
To‘g‘risi, o‘yin oson kechmadi. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun oxirigacha kurashdi. Qiyin bahs bo‘ldi, lekin qizlarimiz so‘nggi daqiqalargacha harakat qilishdi va yakunda g‘alaba qozondik. Jamoamizni ushbu muhim g‘alaba bilan tabriklayman.
Bugun sobiq jamoam darvozasiga gol urdim. Albatta, Dinamoga yordam berganim va gol kiritganimdan xursandman. Lekin raqib mening sobiq jamoam bo‘lgani uchun goldan keyin ichimdan biroz boshqacha hissiyotlar o‘tdi.