Sergey Yakirovich: Leonning «Inter»dagi debyuti vaqt masalasi
«Xall Siti» bosh murabbiyi Sergey Yakirovich o'g'li Leon Yakirovichning «Inter»dagi kelajagi haqida gapirdi.
«Xall Siti» bosh murabbiyi Sergey Yakirovich o'g'li Leon Yakirovich haqida fikr bildirdi: «Leon? Uning «Inter»dagi debyuti — shunchaki vaqt masalasi. Biz juda mamnunmiz, hammasi reja bo'yicha ketmoqda. U allaqachon A Seriyada debyut qilishi mumkin edi.
«Inter»ga o'tish qarori to'g'ri edi. Biz ko'plab takliflar oldik, ammo «Inter» eng qat'iyatli bo'ldi. «Dinamo» uni ushlab qolishga urinmadi. Bizga darhol to'lov, qayta sotishdan foiz va bonuslar ko'rinishidagi taklif kelib tushdi.
Men uni yaqin kelajakda «Inter» tarkibida ko'ryapman. U bo'yi 190 sm bo'lgan chap oyoqli futbolchi, yakkakurashlarda yaxshi va tezligi yuqori: u 35 km/soat tezlikka erisha oladi. Uni Bastonining yosh versiyasi deb atashyaptimi? Bu 18 yoshli yigit uchun muhim taqqoslash, u U23 jamoasidagi o'yinlardan so'ng, endi Kristian Kivu jamoasida o'rnashib olishni orzu qilmoqda.