#Jo Gelxard — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Jozef Gelxardt "Birmingem Siti"ga o'tishga yaqin

Jozef Gelxardt "Birmingem Siti"ga o'tishga yaqin

Jeyms Xokerining xabar berishicha, Jozef Gelxardt "Birmingem Siti"ga o'tishga yaqin. "Ko'klar" futbolchi bilan shaxsiy shartnomani kelishib olgan.

The Lower Tiers nashri jurnalisti Jeyms Xokeri xabariga ko'ra, Jozef Gelxardt "Birmingem Siti"ga o'tishga yaqin turibdi.

U "Sent-Endryus" klubidagi manbalariga tayanib yozishicha, 24 yoshli hujumchi bo'yicha muzokaralar so'nggi bir hafta ichida jadallashgan. "Ko'klar" futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, endilikda "Lids" bilan transfer summasi bo'yicha kelishuvga erishish qoldi.

"Xall Siti" ham Gelxardtga qiziqish bildirmoqda, ammo "Birmingem" futbolchini o'z safiga qo'shib olishiga ishonchi komil.