The Lower Tiers nashri jurnalisti Jeyms Xokeri xabariga ko'ra, Jozef Gelxardt "Birmingem Siti"ga o'tishga yaqin turibdi.
U "Sent-Endryus" klubidagi manbalariga tayanib yozishicha, 24 yoshli hujumchi bo'yicha muzokaralar so'nggi bir hafta ichida jadallashgan. "Ko'klar" futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, endilikda "Lids" bilan transfer summasi bo'yicha kelishuvga erishish qoldi.
"Xall Siti" ham Gelxardtga qiziqish bildirmoqda, ammo "Birmingem" futbolchini o'z safiga qo'shib olishiga ishonchi komil.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!