Niko Shlotterbekning to'lov bandi o'z kuchini yo'qotdi
Dortmundning «Borussiya» klubi Niko Shlotterbekning to'lov bandi muddati o'tganidan so'ng futbolchi ustidan to'liq nazoratni qaytarib oldi.
🚨 Dortmundning «Borussiya» klubi Niko Shlotterbekning to'lov bandi iyul o'rtalarida o'z kuchini yo'qotganidan so'ng, futbolchining kelajagi ustidan to'liq nazoratni qaytarib oldi.
«Real» Madrid, «Barselona» va «Liverpul» endilikda ushbu band orqali nemis futbolchisini o'z safiga qo'shib ololmaydi.
Sky Sport xabariga ko'ra, «Real» Madrid futbolchi jahon chempionatida jarohat olganidan so'ng unga bo'lgan qiziqishini sovitgan. Shlotterbekning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilga qadar mo'ljallangan.