Nemis matbuotida Yann Bisseck haqida iliq fikrlar bildirishda davom etishmoqda. Navbatdagi maqtovlar Sport1 nashridan:
Bisseck o'z imkoniyatidan unumli foydalanmoqda: u Klopp davridagi asosiy g'olibga aylandimi?
Gretsiyaga qarshi o'yinda Bisseck bir narsani isbotladi: uning o'zini raqobatchilardan kuchsizroq his qilishi uchun hech qanday sabab yo'q. Bunday darajadagi o'yinlar bilan hatto asosiy tarkib futbolchilari hisoblangan Ta va Shlotterbek ham ortiga qarab qo'yishga majbur bo'ladi. Aniq bir narsa bor: Bisseck Klopp davrida terma jamoaga ilk bor chaqirilganlar orasida haqiqatan ham yutganlardan biri va u kelajakda yangi imkoniyatlar uchun jiddiy da'vogarlik qilmoqda. Zero, «Inter» futbolchisi Gretsiya bilan bahsda ko'rsatgan o'yin juda ishonarli chiqdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!