Alfredo Martines xabariga ko'ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik «Shtutgart» himoyachisi Finn Yelchni o'z jamoasida ko'rmoqchi.
⚡️ Alfredo Martines: «Shtutgart» markaziy himoyachisi Finn Yelch «Barselona» mudofaasini kuchaytirish uchun Xansi Flikning ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi.
Sky Sports xabariga ko'ra, «Barselona» va «Real Madrid» «Shtutgart» himoyachisi Finn Yelchga qiziqish bildirmoqda.
🚨 Sky Sports xabariga ko'ra, «Barselona» «Shtutgart» markaziy himoyachisi Finn Yelchni kuzatmoqda.
Klub skauti 20 yoshli himoyachini Chempionlar ligasi doirasidagi «Viking»ga qarshi o'yinda kuzatgan. Yaqinda Germaniya terma jamoasida debyut qilgan Yelch taxminan 45 million yevroga baholanmoqda va u «Real Madrid»ning ham diqqat markazida.
Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbek mashg'ulot vaqtida jarohat oldi. Bild nashriga ko'ra, jarohat jiddiy emas.
⚠️😰 Shlotterbekning «qiziqarli musobaqa mashg'uloti» vaqtida to'pig'ini shikastlab olgan lahzasi:
🔖 O'yinchilar to'rtta turli guruhda ustunlarni aylanib o'tishlari kerak edi. Shlotterbek to'p ustidan nazoratni yo'qotdi va o'sha vaqtda dribling amalga oshirayotgan Finn Yelch bo'lgan boshqa guruhga borib urildi
❌ Shlotterbek to'pig'ini qayirib oldi, yiqildi va o'ng to'pig'ini ushlab qoldi. U mashg'ulotni tark etdi va MRT tekshiruvidan o'tdi
📉 Jarohat jiddiy emas va operatsiyani talab qilmaydi
«Shtutgart» himoyachisi Finn Yelch «Bavariya» qiziqishi va Germaniya terma jamoasida o'ynash orzusi haqida gapirdi.
🤔 «Shtutgart» himoyachisi Finn Yelch «Bavariya» unga qiziqayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
Men ham buni o'qidim. Lekin hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q. Butun e'tiborim «Shtutgart» bilan bo'lajak mavsumga qaratilgan. Bu yerda men uchun ideal muhit bor va men Chempionlar ligasida o'ynashim mumkin.
✨ Futbolchi Germaniya terma jamoasiga chaqiruv olish istagi haqida ham to'xtaldi:
Albatta, bu mening aniq maqsadim. Germaniya yoshlar terma jamoalarida o'ynash men uchun juda o'zgacha voqea bo'lgan. Agar Yurgen Klopp men bilan bog'lansa, juda xursand bo'lardim. Bu katta orzu.
«Barselona» «Shtutgart» himoyachisi Finn Yelchni 2027-yil yozida tarkibiga qo'shib olmoqchi. Xansi Flik ham ushbu transferni ma'qullamoqda.
Sport xabariga ko'ra, «Barselona» «Shtutgart» markaziy himoyachisi Finn Yelch uchun 2027-yil yozida kurashishni niyat qilgan.
Kataloniyaliklar 20 yoshli germaniyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, uning bozor qiymati taxminan 60 million yevroni tashkil etadi. Xansi Flik ham uning xarid qilinishini qo'llab-quvvatlamoqda.
Yanvar oyidagi transfer klubdagi moliyaviy cheklovlar sababli dargumon deb hisoblanmoqda.
Finn Yelchning agentlari "Inter" va boshqa klublar bilan bog'lanishdi. "Shtutgart" futbolchini 35 million evro evaziga qo'yib yuborishi mumkin.
Finn Yelchning agentlari "Inter" va potentsial kelishuv shartlari hamda eng avvalo, o'yinchining niyatlari bilan qiziqqan boshqa klublar bilan bog'lanishdi. Ular, shuningdek, "Shtutgart"ning pozitsiyasini baholashga harakat qilishdi. Nemis klubi o'z iqtidorli futbolchisini sotishga rozi bo'lsa, buni faqat jozibador taklif evaziga amalga oshiradi.
Yevropaning yirik klublari, jumladan «Inter» va «Barselona» «Shtutgart» himoyachisi Finn Yelchni kuzatmoqda.
Yevropaning yirik klublari, jumladan «Inter» «Shtutgart»ning 20 yoshli himoyachisi Finn Yelchni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Xususan, «Inter» va «Barselona» skautlari sentyabr oyida nemis jamoasining Chempionlar ligasi doirasidagi «Viking»ga qarshi o‘yinida markaziy himoyachi bilan yaqindan tanishish uchun hozir bo‘lishgan.
Yelchning shartnomasi 2030-yilga qadar amal qiladi va uning transferi nemis klubiga katta mablag‘ keltirishi mumkin. «Shtutgart» sport direktori Fabian Volgemut Sky Sport nashriga boshqa klublarning o‘yinchiga bo‘lgan qiziqishi bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi. Biroq u himoyachining shiddatli o‘sishi va katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Hozirda Yelch «Shtutgart» uchun asosiy o‘yinchi hisoblanadi.
AS xabariga ko'ra, Real Madrid Shtutgart himoyachisi Finn Yelchni kuzatmoqda. Klub Militaoning jarohatlari sabab yangi markaziy himoyachi izlamoqda.
📰 AS (❓) | "Madrid"da Militaoning jarohatlarga moyilligini inobatga olgan holda, bozordagi boshqa markaziy himoyachilarni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
"Shtutgart"ning 20 yoshli germaniyalik futbolchisi Finn Yelch "qaymoqranglilar" e'tiborini tortgan markaziy himoyachilardan biri.