Yevropaning yirik klublari, jumladan «Inter» «Shtutgart»ning 20 yoshli himoyachisi Finn Yelchni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Xususan, «Inter» va «Barselona» skautlari sentyabr oyida nemis jamoasining Chempionlar ligasi doirasidagi «Viking»ga qarshi o‘yinida markaziy himoyachi bilan yaqindan tanishish uchun hozir bo‘lishgan.
Yelchning shartnomasi 2030-yilga qadar amal qiladi va uning transferi nemis klubiga katta mablag‘ keltirishi mumkin. «Shtutgart» sport direktori Fabian Volgemut Sky Sport nashriga boshqa klublarning o‘yinchiga bo‘lgan qiziqishi bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi. Biroq u himoyachining shiddatli o‘sishi va katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Hozirda Yelch «Shtutgart» uchun asosiy o‘yinchi hisoblanadi.
Sky Sport DE xabariga ko‘ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!