Markus Tyuram: «Men Bastoni va Barellaning derbidan keyin aytgan fikrlariga qo'shilaman. Ular — ikki yetakchi, jamoani yaxshi bilishadi va men ularning so'zlariga roziman.
«Shaxtyor»ga qarshi o'n kishi bo'lib ko'rsatgan shijoatimizni biz Chempionlar ligasida ham, chempionatda ham saqlab qolishimiz kerak.
Charchoqmi? Har bir futbolchi doimo o'ynashni orzu qiladi.
Yagona hujumchi rolidagi o'yin? Men bu pozitsiyada avval ham o'ynaganman va buni yana qila olaman.
Yetakchilik yetishmayaptimi? Unday deb o'ylamayman. Har kim o'zini turlicha namoyon qiladi. Lautaro boshqalarga qaraganda ko'proq ko'zga tashlanadi, ammo jamoa manfaati yo'lida kam bo'lmagan mehnat qilayotgan boshqa o'yinchilar ham bor. Siz buni bilmaysiz, lekin biz bilamiz.
O'yinlarga munosabat bilan bog'liq muammolar? Qachonki muammoni anglab yetsangiz, uni tuzatish mumkin. Hech narsa bo'lmayotgandek ko'rinish qiyinroq. Biz hammasini tushunib yetdik».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!