Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barselona» yanvar oyida himoyani kuchaytirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
«PSJ» va Madridning «Real» klublariga qarshi o'yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng, «Barselona» qishki transfer oynasi vaqtida himoya chizig'ini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
Klub nishonida to'rt nafar himoyachi turibdi:
Josko Gvardiol — «Manchester Siti»
Alessandro Bastoni — «Inter»
Lisandro Martines — «Manchester Yunayted»
Natan — «Real Betis»
«Barselona»ga o'tishdan so'ng darhol jamoaga foyda keltira oladigan tajribali markaziy himoyachi kerak.
Biroq, bitimlarni amalga oshirish imkoniyati boshqa o'yinchilarning ketishi va klubning moliyaviy resurslariga bog'liq bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!