Arda Turan: «Agar jamoa sizni mag'lub etsa, demak, u yaxshiroq o'ynagan, shuning uchun men «Inter»ni va murabbiy Kivuni tabriklayman. Biz to'pga ko'proq egalik qildik va chetlatishdan keyin «Inter» 5-3-1 sxemasida o'ynadi, ammo biz o'yin borishini o'zgartira olmadik. Bunday natija bilan yarasha olmaymiz, chunki bunday o'yinda o'zimizni yaxshiroq ko'rsatishimiz kerak edi.
Biz aralash himoya tizimidan foydalanamiz, yarmi shaxsiy, yarmi zona bo'yicha, qarorlarni esa futbolchilarning o'zlari qabul qilishadi. Futbolda yaxshi namunalarga ergashish kerak: men «Atletiko»da ko'p narsani o'rganganman. Ular havodagi kurashlarda kuchli va biz psixologik jihatdan yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!