#Davide Frattezi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Adrien Rabio A Seriyaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar qatorida

Adrien Rabio A Seriyaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar qatorida

Adrien Rabio A Seriyada oyning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga nomzod bo'ldi. G'olib muxlislar ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.

Rabio A Seriyada oyning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga nomzod bo'ldi 👏

Sovrin uchun jami 6 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda:

– Davide Frattezi («Latsio») – 5 ta o'yin, 3 ta gol;

– Georgiy Kvernadze («Frozinone») – 5 ta o'yin, 3 ta gol, 1 ta assist;

– Daniel Maldini («Kalyari») – 5 ta o'yin, 3 ta gol;

– Lautaro Martines («Inter») – 4 ta o'yin, 4 ta gol;

– Doniell Malen («Roma») – 5 ta o'yin, 6 ta gol;

– Adrien Rabio («Milan») – 5 ta o'yin, 2 ta gol, 2 ta assist.

G'olib muxlislar ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.

Davide Frattesi: "Interdagi faoliyatimdan zavq olyapman"

Davide Frattesi: "Interdagi faoliyatimdan zavq olyapman"

Davide Frattesi "Inter"dagi faoliyati, Inzaghi bilan ishlash va jamoada qolish qarori haqida gapirdi.

«Inter»dagi shu uch yil ichida men hissiyotlarga boy takrorlanmas damlarni boshdan kechirdim, lekin ko'tarilishlar va pasayishlar ham yetarli bo'ldi. Hozir esa o'zimni juda baxtli his qilyapman, chunki yana futboldan zavq olishni boshladim — o'tgan yili «Inter»da menga aynan shu narsa yetishmayotgan edi. Ilgariroq ketishim mumkinmidi? O'ylamayman. Orqada Inzagi bilan o'tgan bir yil, yorqin hissiyotlar va «Barselona» darvozasiga urgan golim kabi muhim gollar bor edi. Keyin Kivu keldi, biz gaplashib oldik va meni o'jarlik qilmaslikka hamda ketishni talab qilmaslikka ishontirgan narsalarni muhokama qildik, qolaversa, men bu muhitga chin dildan oshiq edim».

Davide Frattesi.
Davide Frattesi: «Inter» bilan o'tkazgan damlarimni hech narsaga alishmasdim»

Davide Frattesi: «Inter» bilan o'tkazgan damlarimni hech narsaga alishmasdim»

Davide Frattesi «Inter»dagi faoliyati va klubga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.

Sky efirida Davide Frattesi shunday dedi:

«Menda «Inter»ga nisbatan hech qachon qasos olish hissi bo'lmaydi, chunki biz shunchaki kosmik lahzalarni boshdan kechirdik. Bunday damlar faoliyatim davomida boshqa qaytarilmasa kerak, garchi oldindan hech narsani bilib bo'lmaydi. Balki, biroz afsuslanish bordir, lekin muxlislar bilan bo'lishgan o'sha his-tuyg'ularni hech narsaga alishmagan bo'lardim».
Davide Frattesi: «Ruhiy jihatdan og'ir davrni boshdan kechirdim»

Davide Frattesi: «Ruhiy jihatdan og'ir davrni boshdan kechirdim»

Davide Frattesi «Inter»dagi qiyinchiliklar, ruhiy holati va oilasi bilan ko'proq vaqt o'tkazish istagi haqida gapirdi.

Davide Frattesi o'zining ruhiy holati va «Inter»dagi faoliyati haqida gapirib o'tdi:

«Oxirgi bir yil davomida ruhiy jihatdan menga juda qiyin bo'ldi. Qiz o'rtog'im pul eng muhim narsa emasligini, undan ham qadrliroq narsalar borligini aytardi. Buvim vafot etganidan beri uyga qaytish istagini kuchli his qildim. Pul menga kerak emas, men oilam va do'stlarim bilan ko'proq vaqt o'tkazishni istayman. Garchi bu qiyin bo'lsa-da, hayotdan biroz ko'proq zavq olishni xohlayman; men 16 yoshimda uydan ketganman va ko'p narsalarni boy berdim. Agar biror narsani tiklash imkoni bo'lsa, bu juda ajoyib. «Inter»da nima o'xshamadi? Aslida, yarim himoyada juda kuchli futbolchilar o'ynashadi va ular bilan tengma-teng raqobatlashish oson emas. O'tgan yili churra operatsiyasidan so'ng tiklanish jarayonini o'tkazdim: kallam ishlayapti, lekin oyoqlarim emas. Safga tezroq qaytishga urinib, yaqinlashtiruvchi mushagimni cho'zib oldim va faqat noyabr-dekabr oylarida normal mashg'ulot o'tkaza oldim. Bu esa kuchli raqobat sharoitida juda kech edi. Dekabrda o'ynashni boshlash mavsum boshiga qaraganda qiyinroq. Men Milanda yaxshi iz qoldirganimni, jumladan, muxlislar bilan munosabatlarimda ham iliqlik borligini his qilaman».
Davide Frattesi: «Interdan ketishimga sabab mas'uliyatni o'z zimmamga olishni xohlaganim edi»

Davide Frattesi: «Interdan ketishimga sabab mas'uliyatni o'z zimmamga olishni xohlaganim edi»

Davide Frattesi «Inter»dan nima uchun ketganini tushuntirdi. U ko'proq mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni xohlaganini aytdi.

Davide Frattesi o'zining «Inter»dan ketishi haqida shunday dedi:

«Men butun qalbim bilan sevgan jamoam — «Inter»dan ketdim, chunki u yerda o'zimga kerakli bo'lgan mas'uliyatni zimmamga olish imkoniga ega emasdim».