#Calcio e Finanza — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Jed Spens transferining rasmiy tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Jed Spens transferining rasmiy tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Jed Spensning «Inter»ga o'tishi bo'yicha moliyaviy tafsilotlar va bonuslar tizimi ma'lum qilindi.

Jed Spens transferi bo'yicha rasmiy raqamlar:

Transferning umumiy summasi 30,75 million yevroni tashkil etadi va u uch qismda to'lab beriladi:

- 10,25 million yevro — o'yinchi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin 30 kun ichida;

- 10,25 million yevro — 2027-yil 1-avgustgacha;

- 10,25 million yevro — 2028-yil 1-avgustgacha.

Bonuslar umumiy summasi 5,125 million yevrogacha yetishi mumkin:

- «Inter»ning Italiya chempionatidagi har bir g'alabasi uchun 512 500 yevro, bunda Spens tegishli mavsumda jamoa o'yinlarining kamida 50 foizida maydonga tushgan bo'lishi kerak. Bonus ko'pi bilan ikki marta to'lanishi mumkin — jami 1,025 million yevro.

- «Inter» turnir yarim finaliga chiqqan taqdirda 512 500 yevro, bunda Spens tegishli musobaqa doirasidagi o'yinlarning kamida 50 foizida ishtirok etgan bo'lishi kerak. Bu bonus ham ko'pi bilan ikki marta to'lanishi mumkin — jami 1,025 million yevro.

- «Inter»ning Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga har bir chiqishi uchun 512 500 yevro. Shart — Spens jamoa yo'llanmani qo'lga kiritgan mavsumda A Seriya o'yinlarining kamida 50 foizida maydonga tushishi kerak. Bonus ko'pi bilan uch marta to'lanishi mumkin — jami 1,537 million yevro.

- «Inter» turnirda g'alaba qozongan taqdirda 1,025 million yevro, bunda Spens tegishli musobaqada jamoa o'yinlarining kamida 50 foizida maydonga tushgan bo'lishi kerak. Bonus faqat bir marta to'lanishi mumkin.

- Spens «Inter»ning asosiy jamoasi safida rasmiy o'yinlarda jami 30 ta samarali harakat (gol va golli uzatma) amalga oshirsa, 512 500 yevro. Bu bonus ham faqat bir marta to'lanishi mumkin.

«O'ynalgan o'yin» deganda maydonda kamida 45 daqiqa harakat qilish tushuniladi.

Bundan tashqari, «Tottenxem» o'yinchining kelajakdagi sotuvidan 10,25 foiz ulushni saqlab qoladi.

Calcio e Finanza xabariga ko'ra.

Inter Digitalbits kompaniyasidan 31 million yevrodan ortiq mablag'ni undirmoqchi

Inter Digitalbits kompaniyasidan 31 million yevrodan ortiq mablag'ni undirmoqchi

Inter Digitalbits kompaniyasidan 31,35 million yevro miqdoridagi qarzdorlikni undirish bo'yicha sud jarayonlarini davom ettirmoqda.

Inter va Digitalbits o'rtasidagi nizo hali yakuniga yetgani yo'q. 2022/2023-yilgi mavsumda ushbu kriptovalyuta kompaniyasi asosiy titul homiysi bo'lgan, biroq o'sha mavsum davomida to'lovlar amalga oshirilmagani sababli uning logotipi neradzurrilar libosidan g'oyib bo'lgandi. Klub rahbariyati Zytara Labs kompaniyasiga tegishli aktivlarni topib, ularni undiruvga qaratish niyatida.

Inter hali ham Digitalbits'dan 31,35 million yevro olmagan. Klub yakuniy sud buyrug'iga erishdi va hozirda Zytara Labs'da to'lovni amalga oshirish uchun undiruvga qaratish mumkin bo'lgan aktivlar yoki resurslar mavjudligini aniqlashga urinmoqda.

Calcio e Finanza xabariga ko'ra.

Inter FIFA'dan qancha tovon puli oladi?

Inter FIFA'dan qancha tovon puli oladi?

Calcio e Finanza xabariga ko'ra, "Inter" FIFA'ning klublar uchun manfaatli dasturi orqali taxminan 1,5 million dollar ishlab oladi.

Calcio e Finanza xabariga ko'ra, "Inter" FIFA'ning klublar uchun manfaatli dasturi orqali taxminan 1,5 million dollar ishlab oladi. Ushbu dastur futbolchilarning jahon chempionatidagi ishtiroki uchun klublarga tovon puli to'lashni ko'zda tutadi.

"Inter"ga eng ko'p daromad keltirgan futbolchi Lautaro Martines bo'ldi. Uning turnirdagi ishtiroki klub g'aznasiga qariyb 285 ming dollar keltirdi.

O'ng ustun yangiliklari

Milanda fuqaro 'San-Siro' stadionini sotib olish shartnomasini bekor qilishni talab qilmoqda

Milanda fuqaro 'San-Siro' stadionini sotib olish shartnomasini bekor qilishni talab qilmoqda

Milanlik fuqaro «Inter» va «Milan» klublarining «San-Siro» stadionini sotib olishi bo'yicha shartnomani bekor qilishni talab qilib, sudga murojaat qildi.

🤡 Milan fuqarosi «Inter», «Milan» va Milan shahri ustidan fuqarolik da'vosini kiritdi. U klublar tomonidan «San-Siro» stadionini sotib olish bo'yicha tuzilgan shartnomani bekor qilishni talab qilmoqda.

Birinchi sud majlisi 2027-yil 15-aprelga belgilangan.

Calcio e Finanza xabariga ko'ra.