Jed Spens transferi bo'yicha rasmiy raqamlar:
Transferning umumiy summasi 30,75 million yevroni tashkil etadi va u uch qismda to'lab beriladi:
- 10,25 million yevro — o'yinchi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin 30 kun ichida;
- 10,25 million yevro — 2027-yil 1-avgustgacha;
- 10,25 million yevro — 2028-yil 1-avgustgacha.
Bonuslar umumiy summasi 5,125 million yevrogacha yetishi mumkin:
- «Inter»ning Italiya chempionatidagi har bir g'alabasi uchun 512 500 yevro, bunda Spens tegishli mavsumda jamoa o'yinlarining kamida 50 foizida maydonga tushgan bo'lishi kerak. Bonus ko'pi bilan ikki marta to'lanishi mumkin — jami 1,025 million yevro.
- «Inter» turnir yarim finaliga chiqqan taqdirda 512 500 yevro, bunda Spens tegishli musobaqa doirasidagi o'yinlarning kamida 50 foizida ishtirok etgan bo'lishi kerak. Bu bonus ham ko'pi bilan ikki marta to'lanishi mumkin — jami 1,025 million yevro.
- «Inter»ning Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga har bir chiqishi uchun 512 500 yevro. Shart — Spens jamoa yo'llanmani qo'lga kiritgan mavsumda A Seriya o'yinlarining kamida 50 foizida maydonga tushishi kerak. Bonus ko'pi bilan uch marta to'lanishi mumkin — jami 1,537 million yevro.
- «Inter» turnirda g'alaba qozongan taqdirda 1,025 million yevro, bunda Spens tegishli musobaqada jamoa o'yinlarining kamida 50 foizida maydonga tushgan bo'lishi kerak. Bonus faqat bir marta to'lanishi mumkin.
- Spens «Inter»ning asosiy jamoasi safida rasmiy o'yinlarda jami 30 ta samarali harakat (gol va golli uzatma) amalga oshirsa, 512 500 yevro. Bu bonus ham faqat bir marta to'lanishi mumkin.
«O'ynalgan o'yin» deganda maydonda kamida 45 daqiqa harakat qilish tushuniladi.
Bundan tashqari, «Tottenxem» o'yinchining kelajakdagi sotuvidan 10,25 foiz ulushni saqlab qoladi.
Calcio e Finanza xabariga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!