Inter va Digitalbits o'rtasidagi nizo hali yakuniga yetgani yo'q. 2022/2023-yilgi mavsumda ushbu kriptovalyuta kompaniyasi asosiy titul homiysi bo'lgan, biroq o'sha mavsum davomida to'lovlar amalga oshirilmagani sababli uning logotipi neradzurrilar libosidan g'oyib bo'lgandi. Klub rahbariyati Zytara Labs kompaniyasiga tegishli aktivlarni topib, ularni undiruvga qaratish niyatida.
Inter hali ham Digitalbits'dan 31,35 million yevro olmagan. Klub yakuniy sud buyrug'iga erishdi va hozirda Zytara Labs'da to'lovni amalga oshirish uchun undiruvga qaratish mumkin bo'lgan aktivlar yoki resurslar mavjudligini aniqlashga urinmoqda.
Calcio e Finanza xabariga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!