Emiliano Viviano Kristian Romeroning Interga o'tishi mumkinligi va uning transfer narxi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Emiliano Viviano Kristian Romero haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
Romero mukammal emas, lekin u Inter uchun mos keladi. U kamtarin va sokin yigit, biroq maydonda butunlay boshqacha bo'lib qoladi — u haqiqiy yovuzga aylanadi. Men Romero uchun 40 million sarflamagan bo'lardim, chunki u jahon chempionatidagi 8 ta o'yinning birortasini ham to'liq o'tkazmadi. O'tgan yili u jarohat olgandi, qachon ekanini aniq bilmayman.
Emiliano Viviano «Inter» rahbariyati – Auzilio va Marottaning transfer siyosatini yuqori baholab, ularni haykalga loyiq deb atadi.
Emiliano Viviano «Inter» rahbariyatining ishini yuqori baholadi:
«Auzilio va Marotta haykalga loyiq. «Inter» bugungi kunda barchamiz aytayotganimizdek, qolganlardan yuz barobar kuchliroq jamoani yig'di. Raqamlarga qarang: so'nggi besh yil ichida klub 100 million yevro miqdorida ijobiy moliyaviy natijaga erishdi, boshqa jamoalar esa 400 million yevro sarflashdi. Bu shunchaki aqldan ozish.
Hatto Frattezi bo'yicha kelishuv ham ularga haykal qo'yish uchun asos bo'la oladi: ikki yildan beri o'yinlar so'nggida ko'pi bilan o'n daqiqa maydonga tushadigan futbolchi uchun huquqlarning 50 foizi va 15 million yevro.
Ehtimol, Luis Enrikeni 26–27 million yevroga sotishar. Frattezining o'tishi ham «Inter», ham «Latsio» uchun ideal operatsiya. Rimliklar o'zlaridagidan ko'ra yuqoriroq darajadagi futbolchini maqbul narxga qo'lga kiritishmoqda. «Inter» esa o'z futbolchisini narxi yana ko'tarilishi uchun boshqa klubga jo'natmoqda, unga bo'lgan huquqlarning 50 foizini saqlab qolmoqda va eng yomon holatda «Inter»da yarim himoyadagi to'qqizinchi variant bo'lgan o'yinchi uchun 15 million yevro olmoqda».