Emiliano Viviano:
"Barella bilan bog'liq muammo shundaki, hozirda juda ko'p sharhlovchilar va o'zini futbol eksperti deb ataydiganlar ko'payib ketgan, ular undan mavsumiga 12–13 ta gol kutishadi. U bajaradigan ish hajmini Yevropada sanoqli futbolchilar bajara oladi. Uni hamma joyda ko'rish mumkin: u hujumlar tashkil etishda ham, himoyalanishda ham faol. Gol urish — uning vazifasi emas va hech qachon bo'lmagan ham. Siz uni hech qachon Vidal uslubida ikkinchi temp bilan kirib kelib, uzoq ustun yonida bo'sh darvozaga to'p kiritayotganini ko'rganmisiz? Yo'q, chunki uning xususiyatlari butunlay boshqacha. Ammo Barella maydonda hamma narsani qila oladi: u buni 90 daqiqa davomida, ko'plab o'yinlarda va juda yuqori intensivlik bilan bajaradi. Mening nazarimda, bu juda va juda ko'p hollarda qadrsizlanadigan, hatto juda kuchli darajada kam baholanadigan futbolchi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!