Emiliano Viviano: «So'nggi bir necha yil ichida Barella muvaffaqiyatsiz o'yin o'tkazganida hamma tanqid qila boshlaydigan futbolchiga aylandi. Ammo u Italiya — Fransiya bahsidagi kabi o'yin ko'rsatganida, buni hamma odatiy hol deb qabul qiladi. Vaholanki, bunda odatiy hech narsa yo'q — u ajoyib o'yin o'tkazdi.
Nega uni tanqid qilishadi? Men bu haqda bir oz avval aytganman: chunki undan aslida o'zi ega bo'lmagan narsalarni kutishadi. U mavsumiga 12 ta gol urmaydi deyishadi, lekin uning o'yin xususiyatlari butunlay boshqacha. U katta hajmdagi qora mehnatni bajaradi, doimo yuqori intensivlikni namoyish etadi hamda himoyani sug'urtalash va maydonni nazorat qilishda a'lo darajada harakat qiladi. Qolaversa, u yiliga 60 ta o'yin o'tkazadi va doimiy ravishda bunday darajani ko'rsatib turish juda qiyin».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!