Emiliano Viviano: «Inzagi qo'l ostidagi «Inter» «Bryugge»ni osonlikcha taslim etgan bo'lardi»
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 31

Emiliano Viviano: «Inzagi qo'l ostidagi «Inter» «Bryugge»ni osonlikcha taslim etgan bo'lardi»

Emiliano Viviano: «Inzagi qo'l ostidagi «Inter» «Bryugge» uchun konfetdek gap bo'lardi! Kivu esa Klopp bo'lishni istaydi»

Elastici dasturi efirida so'zga chiqqan darvozabon Emiliano Viviano Simone Inzagining «Inter»i va Kristian Kivuning «Inter»ini solishtirdi:

«Inzagi qo'l ostidagi «Inter» bu o'yinda qanday harakat qilardi? «Bryugge» kabi o'ynaydigan jamoaga qarshi bu xuddi bolaga konfet berishdek gap bo'lardi. Jamoa himoyada tartibli o'tirgan, to'pga egalik qilganda hujum frontini maksimal darajada kengaytirgan, raqibni o'ziga tortgan va keyinchalik Dumfris, Dimarko hamda markazga intiluvchi hujumchilar evaziga qanotlarni ancha yaxshi ushlab, o'yinni boshqargan bo'lardi. Barella deyarli himoyachilar chizig'iga tushib, Bastoni yuqoriroqqa ko'tarilib, Dumfris esa hujumchilar chizig'iga chiqardi. Ya'ni, bu to'p nazoratiga intiladigan va o'yinni tinchlantira oladigan jamoa bo'lardi.
Menimcha, Kivu Kloppning «Liverpul»i yoki Flikning «Barselona»si kabi bo'lishni istaydi, u shunga o'xshash narsani qurishga urinmoqda. Ammo bunday uslub muqarrar ravishda himoyadagi bo'shliqlarga olib keladi, bu hammaga ma'lum. Avvalroq shaxsiy suhbatda aytganimizdek, Italiya chempionatida bunga yo'l qo'yishingiz mumkin, chunki siz «Udineze»dan gol o'tkazib yuborsangiz ham, javobiga beshtasini urasiz... O'shanda ular qancha gol urganini eslayman. Bugun esa «kacheli» o'yin: u yoqqa, bu yoqqa. Siz «Bryugge»dan ko'ra ko'proq vaziyat yaratasiz, ammo «Bryugge» gol uradi, siz esa yo'q».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!