Kristian Kivu: «Nima o'zgarishi kerak? Men o'zim haqimda, jamoamizga ma'lum narsalarni olib kirish va undan ba'zi narsalarni chiqarib tashlash haqida gapirganman. Ko'proq e'tibor, ko'proq qat'iyat, xavfni (xavotirni) yaxshiroq his qilish kerak, ayrim o'yin epizodlarini yaxshiroq «o'qish» lozim.
Men hech qachon maydonda sodir bo'layotgan voqealar uchun futbolchilarimni ayblamayman. Hatto individual xatolar uchun ham javobgarlikni o'z zimmamga olaman. Bu jamoa yillar davomida bosim ostida o'ynab kelmoqda, ularga butun dunyo tomonidan katta umidlar bog'langan va bu ularning xizmati, chunki ular shunday bahoga munosib bo'lishgan. Ular 7 yildan beri raqobatbardosh bo'lib qolishmoqda va mening to'g'ridan-to'g'ri burchim — ma'lum javobgarlikni o'z zimmamga olishdir».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!