Leonardo Bonuchchi: «Bastoni yetakchilik fazilatlarini oshirdi»
Leonardo Bonuchchi Alessandro Bastonining o'sishi va qiyin vaziyatlarni yengib o'tish haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Leonardo Bonuchchi: «Biz hammamiz qiyin damlarni boshdan kechiramiz: bugun men Bastonini ko'ryapman, u yetakchilik va muloqot borasida, shuningdek, bevosita maydonda o'sishga erishdi. Og'ir damlar ham bo'lib turadi, afsuski, biz ularni birga boshdan kechirganmiz, lekin men har doim aytganimdek: agar sening maqsading bo'lsa, unga diqqatingni qarat va atrofingdagilar nima deyayotganiga quloq solma».