🎤 Pikon (sobiq Relevo jurnalisti): "Madrid"da Xakoboning o'sishidan juda mamnunlar.
"Shunga qaramay, "qaymoqranglilar" 21 yoshli himoyachiga hali tajriba va yuqori saviyadagi o'yin amaliyoti yetishmayapti, deb hisoblashadi. U "Madrid" tarkibida o'rnashib olishga to'liq tayyor bo'lguniga qadar "Komo"da yoki boshqa klubda, masalan, APL jamoalaridan birida ko'proq vaqt o'tkazishi kerak.
"Real Madrid" yozda Xakoboni qaytarib olishi, ammo keyin uni elit darajadagi tajribani oshirish uchun ijaraga berib yuborishi mumkin.
Joriy mavsum yakunlangach, klub markaziy himoya chizig'ini jiddiy kuchaytirish niyatida. Tajribali futbolchi keladimi yoki yosh iqtidor, Xakoboning kelajagi baribir uning tayyorgarligi va o'sishiga bog'liq bo'ladi".
📰 B. Fernandes (jurnalist): "Xakoboning markaziy himoya pozitsiyasini kuchaytirish uchun "Madrid"da ustuvor variant hisoblanadi. Tarbiyalanuvchining qaytishi klubga 9 million yevroga tushadi. APL jamoalari ham Xakoboga qiziqish bildirmoqda. Ammo futbolchining o'zi hozirda "Komo"dagi o'yinlariga diqqatini qaratgan.
Ryudigerning kelajagiga kelsak, "qaymoqranglilar" uning kelasi yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmaydilar. Bundan tashqari, "Madrid" Asensioni sotib yuborishga urinib ko'radi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!