Ueyn Runi Leni Yoroning yangi pozitsiyadagi o'yiniga baho berdi
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 36

Ueyn Runi Leni Yoroning yangi pozitsiyadagi o'yiniga baho berdi

🗣️ Ueyn Runi — Leni Yoroning o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasidagi o'yini haqida:

«Men boshlang'ich tarkibni ko'rganimda va Yoro Diogu Dalot o'rniga o'ng qanot himoyasida o'ynashini tushunganimda, biroz xavotirga tushdim. Uni bu pozitsiyada ko'rish odatiy hol emasdi.

Biroq, birinchi bo'lim davomida u asta-sekin moslashib oldi va juda ishonchli harakat qildi. Xuddi u bu pozitsiyada ko'p yillardan buyon o'ynayotgandek tuyuldi.

U qanotlardagi xavflarni juda yaxshi ilg'adi va jarima maydonchasi himoyasida Harri Maguayr hamda Lisandro Martinesga yordam berishga doim tayyor turdi.

Yoro Kerrik uni Diogu Dalotga almashtirguniga qadar ishonchlilikni saqlab qoldi.

Bunday universallik «Manchester Yunayted»ga ulkan foyda keltiradi. Mening nazarimda, Maykl Kerrik Yoro uchun yangi rol topib, haqiqiy kashfiyot qildi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!