Senne Lammens yangi mavsumda 1-raqam ostida harakat qiladi
Senne Lammens yangi mavsumda 1-raqam ostida harakat qiladi.
Rasman: Senne Lammens yangi mavsumda 1-raqam ostida to'p suradi.
Senne Lammens yangi mavsumda 1-raqam ostida harakat qiladi.
Rasman: Senne Lammens yangi mavsumda 1-raqam ostida to'p suradi.
Tom Xiton Senne Lammensning Ispaniyaga qarshi o'yindagi xatosi va yosh darvozabonning kelajagi haqida gapirdi.
Tom Xiton Senne Lammensning Ispaniyaga qarshi o'yindagi xatosi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Tushunarli holat, u uchun bu og'ir lahza bo'ldi, ammo darvozabonning hayoti shunaqa.
Qo'lqoplarni kiyib, darvoza chizig'iga turdingmi, bunday holatlarga tayyor bo'lishing kerak. Bu uni yanada kuchliroq qiladi.
Uning darvozabon sifatida xarakteri a'lo darajada deb hisoblayman, shuning uchun muammo yo'q. Kelajakda bu unga foyda berishiga chin dildan ishonaman».
Senne Lammens o'z raqamini o'zgartirishi va 1-raqamli darvozabon bo'lish orzusi haqida gapirdi.
Senne Lammens o'z raqamini o'zgartirishi haqida:
Senne Lammens: «Qachonki bu imkoniyat paydo bo'lganda, ko'p o'ylab o'tirmadim. Har doim katta klubda 1-raqamli darvozabon bo'lishni orzu qilganman. Ayniqsa, mendan avval o'ynagan darvozabonlarni ko'rganimda. Qolgan jihatlar bo'yicha hech narsa o'zgarmaydi: o'tgan yilgidek o'z ishimni bajarishga harakat qilaman va bor kuchimni beraman».
Edvin van der Sar «Manchester Yunayted» darvozaboni Senne Lammensning o'yinini yuqori baholadi va uni o'zi bilan solishtirdi.
🗣️ Edvin van der Sar Senne Lammens haqida:
Men uni hali «Antverpen»da o'ynab yurgan paytlaridan kuzatib kelaman. Ammo u yerda o'ynash boshqa, dunyoning eng kuchli ligasiga, qolaversa, qiyin davrni boshdan kechirayotgan klubga o'tish butunlay boshqa narsa.
So'nggi yillarda «Yunayted»da doimiy o'zgarishlar yuz berdi: murabbiylar, futbolchilar va boshqa ko'plab jihatlar almashdi.
Mening nazarimda, Lammens jamoaga barqarorlik olib kira oldi. U o'zidan kutilgan seyvlarni amalga oshirmoqda, darvozadan dadil chiqmoqda, oyoqda yaxshi o'ynamoqda va umuman olganda, juda xotirjam hamda o'ziga ishongan holda harakat qilmoqda.
O'yin uslubiga ko'ra, uni o'zim bilan solishtirish mumkin deb o'ylayman. Ammo men «Yunayted»ga 34 yoshimda kelganman, shuning uchun uning hozirgi holatda ko'rsatayotgan o'yini haqiqatan ham tahsinga loyiq.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.