🗣️ Edvin van der Sar Senne Lammens haqida:
Men uni hali «Antverpen»da o'ynab yurgan paytlaridan kuzatib kelaman. Ammo u yerda o'ynash boshqa, dunyoning eng kuchli ligasiga, qolaversa, qiyin davrni boshdan kechirayotgan klubga o'tish butunlay boshqa narsa.
So'nggi yillarda «Yunayted»da doimiy o'zgarishlar yuz berdi: murabbiylar, futbolchilar va boshqa ko'plab jihatlar almashdi.
Mening nazarimda, Lammens jamoaga barqarorlik olib kira oldi. U o'zidan kutilgan seyvlarni amalga oshirmoqda, darvozadan dadil chiqmoqda, oyoqda yaxshi o'ynamoqda va umuman olganda, juda xotirjam hamda o'ziga ishongan holda harakat qilmoqda.
O'yin uslubiga ko'ra, uni o'zim bilan solishtirish mumkin deb o'ylayman. Ammo men «Yunayted»ga 34 yoshimda kelganman, shuning uchun uning hozirgi holatda ko'rsatayotgan o'yini haqiqatan ham tahsinga loyiq.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!