#Eden Azar — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Zinedin Zidan Eden Azarning «Real»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi

Zinedin Zidan Eden Azarning «Real»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi

Zinedin Zidan Eden Azarning «Real Madrid»dagi faoliyati va uni qiynagan jarohatlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Zinedin Zidan Eden Azar haqida:

U bilan juda yaxshi munosabatdamiz. U ajoyib inson va futbolchi. Uning «Chelsi» safidagi o'yinlaridan keyin «Real Madrid»da ko'proq narsani kutgandim, jarohatlar uning to'liq ochilib ketishiga xalaqit berdi.
Edvin van der Sar Senne Lammens haqida fikr bildirdi

Edvin van der Sar Senne Lammens haqida fikr bildirdi

Edvin van der Sar «Manchester Yunayted» darvozaboni Senne Lammensning o'yinini yuqori baholadi va uni o'zi bilan solishtirdi.

🗣️ Edvin van der Sar Senne Lammens haqida:

Men uni hali «Antverpen»da o'ynab yurgan paytlaridan kuzatib kelaman. Ammo u yerda o'ynash boshqa, dunyoning eng kuchli ligasiga, qolaversa, qiyin davrni boshdan kechirayotgan klubga o'tish butunlay boshqa narsa.
So'nggi yillarda «Yunayted»da doimiy o'zgarishlar yuz berdi: murabbiylar, futbolchilar va boshqa ko'plab jihatlar almashdi.
Mening nazarimda, Lammens jamoaga barqarorlik olib kira oldi. U o'zidan kutilgan seyvlarni amalga oshirmoqda, darvozadan dadil chiqmoqda, oyoqda yaxshi o'ynamoqda va umuman olganda, juda xotirjam hamda o'ziga ishongan holda harakat qilmoqda.
O'yin uslubiga ko'ra, uni o'zim bilan solishtirish mumkin deb o'ylayman. Ammo men «Yunayted»ga 34 yoshimda kelganman, shuning uchun uning hozirgi holatda ko'rsatayotgan o'yini haqiqatan ham tahsinga loyiq.