Sobiq bosh murabbiy Garri Rednapp The Overlap dasturida «Tottenxem» qanday qilib Eden Azar va Patrik Vieyrani deyarli o'z safiga qo'shib olgani haqida so'zlab berdi:
«Men Eden Azar bilan uchrashganman. Jo Koul menga qo'ng'iroq qildi. O'sha paytda u «Lill»da o'ynardi va menga: «Men o'z faoliyatimda birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi bilan bir jamoada harakat qilyapman», degandi. Men u yerga bordim, uni kuzatdim, bir hafta o'tib yana qaytdim va agenti bilan birga mehmonxona xonasida uchrashdim — u o'tishni xohlagandi. Ammo o'sha vaqtda Deniel bunday mablag' sarflashni istamadi. Gap taxminan 18 million funt haqida ketayotgandi».
Patrik Vieyra haqida:
«Agar ortga nazar tashlasak, bu ajoyib transfer bo'lardi. Patrik Vieyra «Tottenxem»da! Men Patrik bilan uning uyida uchrashganman. U bizga o'tishni xohlagandi, qarori qat'iy edi.
Hammasi u haqiqatan ham o'tadigandek ko'ringandi. Bu qanday jasorat! U «Arsenal» afsonasi bo'la turib, «Tottenxem»ga o'tishga tayyor edi. U buni xohlagandi, lekin aftidan, yaxshiroq taklif olgan. Men uning uyida o'tirib, u bilan choy ichganman!
U nima qilibdi? U hech kimni o'ldirmagan-ku. U shunchaki «Arsenal»da o'ynagan yaxshi futbolchi.
Agar u «Tottenxem»ga o'tishni istasa, bu uning xarakteri haqida ko'p narsani anglatadi. U kelib, biz uchun o'ynashni xohlaydi. U fantastik futbolchi va shu yerda to'p surishni istaydi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!