#Patrik Viyeyra — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Garri Rednapp: «Tottenxem» Eden Azar va Patrik Vieyrani qo'lga kiritishi mumkin edi

Garri Rednapp: «Tottenxem» Eden Azar va Patrik Vieyrani qo'lga kiritishi mumkin edi

Garri Rednapp «Tottenxem»ning Eden Azar va Patrik Vieyrani transfer qilishga yaqin bo'lgani haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

Sobiq bosh murabbiy Garri Rednapp The Overlap dasturida «Tottenxem» qanday qilib Eden Azar va Patrik Vieyrani deyarli o'z safiga qo'shib olgani haqida so'zlab berdi:

«Men Eden Azar bilan uchrashganman. Jo Koul menga qo'ng'iroq qildi. O'sha paytda u «Lill»da o'ynardi va menga: «Men o'z faoliyatimda birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi bilan bir jamoada harakat qilyapman», degandi. Men u yerga bordim, uni kuzatdim, bir hafta o'tib yana qaytdim va agenti bilan birga mehmonxona xonasida uchrashdim — u o'tishni xohlagandi. Ammo o'sha vaqtda Deniel bunday mablag' sarflashni istamadi. Gap taxminan 18 million funt haqida ketayotgandi».

Patrik Vieyra haqida:

«Agar ortga nazar tashlasak, bu ajoyib transfer bo'lardi. Patrik Vieyra «Tottenxem»da! Men Patrik bilan uning uyida uchrashganman. U bizga o'tishni xohlagandi, qarori qat'iy edi.
Hammasi u haqiqatan ham o'tadigandek ko'ringandi. Bu qanday jasorat! U «Arsenal» afsonasi bo'la turib, «Tottenxem»ga o'tishga tayyor edi. U buni xohlagandi, lekin aftidan, yaxshiroq taklif olgan. Men uning uyida o'tirib, u bilan choy ichganman!
U nima qilibdi? U hech kimni o'ldirmagan-ku. U shunchaki «Arsenal»da o'ynagan yaxshi futbolchi.
Agar u «Tottenxem»ga o'tishni istasa, bu uning xarakteri haqida ko'p narsani anglatadi. U kelib, biz uchun o'ynashni xohlaydi. U fantastik futbolchi va shu yerda to'p surishni istaydi».