Didye Drogba: "Mbappe "Oltin to'p"ni yutmaganiga uning ochiq fikrliligi sabab bo'lishi mumkin"
Didye Drogba Kilian Mbappening "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmaganiga uning ochiq fikrliligi va Fransiyadagi munosabat sabab bo'lishi mumkinligini aytdi.
Didye Drogba Mbappe "Oltin to'p" uchun kurashdagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi:
Garri Keyn ham, Mbappe ham Chempionlar ligasida g'olib chiqishmadi, shuning uchun, balki gap Kilianning jamoatchilikdagi obrazidadir.
Fransiyada o'z fikrini ochiq aytadigan futbolchilarga juda qattiqqo'l munosabatda bo'lishadi. Mbappe esa aynan shunday o'yinchilardan biri.