Manchester United chap qanot himoyachisi sotib olmasligi mumkin
Simon Stoun xabariga ko'ra, Manchester United chap qanot himoyachisi transferidan voz kechib, tarkibdagi futbolchilar bilan vaziyatni hal qilishi mumkin.
🗣️ Simon Stoun xabariga ko'ra:
Karlos Baleba uchun 70 million funtgacha mablag' sarflagandan so'ng, Manchester United chap qanot himoyachisini sotib olishdan voz kechishi mumkin. Buning o'rniga klub Diogu Dalot yoki Nussair Mazrauini ushbu qanotga o'tkazish, hatto chap oyoqli Balebaning o'zidan o'sha yerda foydalanish variantlarini ko'rib chiqmoqda.