Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezus Fransisko Konseysauning Norvegiyaga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida ekanligini ma'lum qildi.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezus:
Konseysau? U o'ynamaydi — kecha u mashg'ulotlarda qatnashmadi. Bu ehtiyot chorasi. Ko'ramiz. Umid qilamizki, u Norvegiyaga qarshi o'yinga tiklanib ulguradi.
Jud Bellingem Erling Xoland bilan do'stligi hamda maydondagi raqobat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎤 Norvegiya va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng Jud Bellingemdan Erling Xoland bilan do'stligi haqida so'rashdi:
Hozir men «Real»da o'ynayapman, u esa «Manchester Siti»da, shuning uchun biz unchalik ko'p ko'rishmaymiz. Shunday ekan, uchrashib qolganimizda doim hordiq chiqaramiz va bir-birimiz bilan hazillashamiz. Uning meni «Manchester Siti»ga o'tishga ko'ndirmoqchi bo'lganini hali ham eslayman. Hozirgacha bu ustidan kulamiz. Ammo hakam hushtagi chalingach, hammasi o'zgaradi. U Norvegiya uchun, men esa Angliya uchun o'ynayman. Ikkalamiz ham g'alaba qozonishni istaymiz va maydonda hech qanday yon bosish bo'lmaydi. O'yin yakunlanganidan so'ng esa biz yana do'stmiz. Futbol shunaqa. 90 yoki 120 daqiqa davomida kurashasan, keyin barchasini maydonda qoldirib, do'stlaring bilan uchrashuvdan zavq olasan...
Jud Bellingem Norvegiya bilan o'yindan so'ng bosh murabbiy Tomas Tuxelning tanqidlariga va jamoaning o'yiniga munosabat bildirdi.
Jud Bellingem Norvegiya bilan o'yindan so'ng bosh murabbiy Tomas Tuxelning tanqidlariga munosabat bildirdi:
Tuxel Angliya terma jamoasining Norvegiyaga qarshi o'yinidan noroziligini bildirdimi? Mayli, mayli. Balki u shunday yo'l bilan jamoamizga yuqori talablar qo'yayotgandir. Yoki u Xoland, Edegor, Nusa va Syorlot kabi futbolchilarga qarshi, bunday murakkab ob-havo sharoitida o'ynash qanchalik qiyinligini bilmasligi ham mumkin. Norvegiya oson raqib emas.
Bellingem jamoaning ruhiy holati va o'yin uslubi haqida ham to'xtalib o'tdi:
Har holda, biz kiyim almashtirish xonasida ijobiy muhitni saqlab qolishga harakat qildik va bu kayfiyatni JCh yarim finaliga ham ko'chirishimiz kerak. Jamoadoshlarimni alohida ta'kidlamoqchiman, chunki shunchaki to'pni nazorat qilib va minglab paslar berib, har bir o'yinda g'alaba qozonib bo'lmaydi. Ba'zida kurashlar evaziga g'alaba qozonish kerak. Biz bugun aynan shuni amalga oshirdik.
Futbolchi bosh murabbiyning omad haqidagi gaplariga ham javob qaytardi:
Tuxelning "Norvegiyani yutishda omadimiz keldi" degan gapiga kelsak, izohsiz. Barchamiz ulkan kuch sarf qildik. Angliya terma jamoasidagi ajoyib o'yin ko'rsatgan jamoadoshlarimga minnatdorchilik va hurmat bildirmoqchiman. Men ular bilan faxrlanaman.
Bellingem o'yin oldidan ogohlantirilgani haqida ham esladi:
Norvegiya bilan o'yin oldidan sariq kartochkam bor edi. Shu sababli onam butun hafta davomida so'zlarimga, to'p uchun kurashlarga, yuz ifodamga va hissiyotlarimga ehtiyot bo'lishimni uqtirdi (kuladi).
Dublimmi? Terma jamoaga yana yordam berganimdan xursandman, ammo qo'lga kiritilgan g'alaba – jamoaviy mehnat mevasi. Biz butun jamoa, shtab va muxlislar yordamida g'alaba qozona oldik. Bu Angliya uchun juda o'zgacha kun.
Jude Bellinghamning o'yin uslubi va salohiyati haqida sobiq futbolchilar hamda ekspertlarning fikrlari.
M. Torres (sobiq madridlik himoyachi va Onda Cero eksperti): "Men Bellingemni dunyodagi eng yaxshi "o'nlik" deb hisoblayman. U Angliya terma jamoasi yetakchisi. Shu bois men Bellingemni "Madrid"ning birinchi sardori qilgan bo'lardim".
M. Richards (sobiq "Manchester Siti" o'yinchisi): "Bellingem Palmer kabi kreativ o'yinchi emas, unda Foden kabi texnika yo'q. Ammo qolgan barcha jihatlari bo'yicha u — 9/10. Bellingemning o'ziga bo'lgan ishonchi esa 10/10. U nima qilmasin, o'z harakatlariga ishonadi".
Lineker (Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi): "Men Richards bilan rozi emasman: Judning texnikasi nihoyatda yuqori. Uning burilishlari va raqiblarini aldab o'tishi... U tarixdagi eng buyuk ingliz futbolchisiga aylanishi mumkin.
Bellingem Jerrard kabi kuch, tezlik va mahoratga, Skoulz kabi maydonni ko'ra olish qobiliyatiga, shuningdek, Lempard kabi ajoyib zarbaga ega".
Mayka Richards va Gari Lineker Jude Bellinghamning o'yini hamda uning kelajakdagi salohiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
💭 Mayka Richards:
Jude Bellinghamda Koul Palmernikidek effektlilik yoki Fil Fodennikidek to'pni nazorat qilish mahorati yo'q.
Ammo qolgan barcha jihatlari bo'yicha u 10 balldan 9 ballga loyiq. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi esa 10 balldan 10 ball. U nima ishga qo'l urmasin, muvaffaqiyatga ishonadi.
🔥 Gari Lineker:
Bu borada senga qo'shilmayman, Mayka: Judda to'pni qabul qilish va nazorat qilish bo'yicha aqlbovar qilmas texnika bor. Uning raqiblarini aldab o'tishi va burilishlari...
O'ylaymanki, yakunda Jud Angliya tarixidagi eng buyuk futbolchiga aylanishi mumkin.
Toni Kroos va Rio Ferdinand Jud Bellingemning o'yin sifatlari hamda unga nisbatan bo'layotgan tanqidlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Kroos: "Hisobimcha, Bellingem dunyodagi eng universal o'yinchilardan biri. U o'zining eng yaxshi sport formasida bo'lganida, men uchun u dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi. Judning Angliyadagi tanqid qilinishiga kelsak — men bilamanki, o'z vatanida futbolchilar ba'zida eng ko'p tanqidga uchrashadi"
Rio Ferdinand (Manchester Yunayted sobiq himoyachisi): "O'ylaymanki, ingliz matbuoti Bellingem haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan obraz yaratishga urinmoqda. Jurnalistlarning hech biri Judni shaxsan tanimaydi, lekin ular u o'zini qandaydir tarzda tutadi deb taxmin qilib, u haqida turli hikoyalar o'ylab topishga harakat qilishmoqda.
Ammo faqat Bellingemning o'yin sifatlari haqida gapiradigan bo'lsak, u nihoyatda jasur futbolchi. Buni hatto uning 16–17 yoshida Germaniyaga ketishga qaror qilganidan ham ko'rish mumkin. U u yerga borib, o'zini a'lo darajada ko'rsatdi, so'ngra Real Madridga o'tish imkoniyati tug'ilishi bilan darhol undan foydalandi.
Real Madridga o'tgan ko'plab futbolchilarga katta umidlar bog'langan, ammo ular yuqori darajaga chiqa olmagan. Ular bosimga bardosh bera olishmagan — klubning ulkan miqyosi ularni yutib yuborgan. Ular o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotishgan.
Ammo Bellingem har doim eng yaxshisi bo'lishni xohlaydi. U eng muhim daqiqalarda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni istaydi. Men uni katta o'yinlar futbolchisi deb bilaman.
Bundan tashqari, Jud nihoyatda universal futbolchi. Agar Bellingemdan tayanch yarim himoyachisi, markaziy yarim himoyachi, o'nlik yoki soxta to'qqizlik pozitsiyasida o'ynashni so'rasangiz, u har bir bu pozitsiyada dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'la oladi"
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jud Bellingemning sardorlik salohiyati va jismoniy holati haqida gapirdi.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jud Bellingemning kelajakda terma jamoa sardori bo'lishi mumkinligi haqida o'z fikrlarini bildirdi:
Bellingem qachondir Angliya terma jamoasining birinchi sardori bo'la oladimi? Sardorlik bog'ichini taqish — bu sharaf va mukofot. Agar Jud jamoani shu tarzda boshqarishda davom etsa, u doimiy asosda sardor bo'lishga qodir ekanligi shubhasiz.
Bellingem Chexiyaga qarshi o'yinda 30 daqiqa davomida sardorlik bog'ichi bilan harakat qildi. Ushbu uchrashuvda kam vaqt o'ynaganiga qaramay, Jud o'zini ishonchli his qildi va juda xursand bo'ldi. U hatto zaxira o'rindig'ida o'tirganida ham jamoaga yordam berishga tayyor edi. Ishga bo'lgan bunday munosabatning o'zi katta mukofot.
Shu bilan birga, o'yin oxirida Bellingem biroz noqulaylik sezdi. Umid qilamanki, bu jiddiy emas va Jud Xorvatiyaga qarshi o'yinda (03.10) maydonga tusha oladi.
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Martin Edegorning Uelsga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida ekanligini ma'lum qildi.
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Martin Edegorning Uelsga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida qolayotganini tasdiqladi:
«Ha, deb aytishni istardim, lekin bilmayman. Yo'q, deb ham ayta olmayman. Bugun u bir nechta testlardan o'tadi, shundan so'ng ko'ramiz. Uning biz bilan birga ekanligining o'ziyoq maydonga tushish imkoniyati borligini anglatadi».
«Eng muhimi — u 100 foiz tayyor bo'lishi, o'ynay olishini his qilishi va organizmi unga o'zi kutgan javoblarni berishi kerak».
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Martin Edegorning holati va klub bilan aloqalar haqida gapirdi.
🚨 Martin Edegor bugun Norvegiya terma jamoasi mashg'ulotida ishtirok etmadi.
🗣️ Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Martin Edegorning holati haqida:
Tibbiy shtab bu yerda sodir bo'layotgan barcha narsalar bo'yicha Arsenalga hisobot yuboradi. U yugurgan har bir metr, har bir mashg'ulot va umuman qilayotgan barcha ishlari — barcha ma'lumotlar klubga yetkaziladi. Tibbiy shtablar o'rtasidagi aloqa deyarli uzluksiz davom etmoqda.
Bu standart jarayon va men bunga aralashmayman. Buni to'rt yoki besh kishi nazorat qiladi.
Roy Kin Jud Bellingemning o'yini va shaxsiyati haqida iliq fikrlar bildirdi.
💭 Roy Kin Jud Bellingem haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Biz uni ham futbolchi, ham shaxs sifatida ko'rib turibmiz.
U ko'plab intervyular beradi, muhim gollarni uradi, uning intervyulari a'lo darajada chiqadi, u bugun ham o'z ishini qildi va o'yindan keyin yana dadil gapirdi.
Jud Bellingem va Noni Madueke Angliya terma jamoasi g'alabasini omad deb atagan bosh murabbiy Tomas Tuxelning fikriga qarshi chiqishdi.
Jud Bellingem va Noni Madueke Angliya terma jamoasining g'alabasini omad deb atagan Tomas Tuxelning so'zlariga qarshi chiqishdi. Bellingem bu bosh murabbiyning shaxsiy fikri ekanligini ta'kidlab, uni og'ir ob-havo sharoitida o'ynab ko'rishga taklif qildi.
«Mayli, shunday deb hisoblayversin. U bunday sharoitda o'ynash qanday ekanligini bilmasa kerak»
Madueke ham murabbiyning bahosiga qo'shilmaydi:
Muxbir:
«Sizning murabbiyingiz omadingiz kelganini aytdi»
Noni:
«Kim aytdi? Bizning murabbiy? Mayli. Bu uning fikri. Shunday bo'la qolsin, lekin men u bilan rozi emasman».