Mayka Richards va Gari Lineker Jude Bellinghamning o'yini hamda uning kelajakdagi salohiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
💭 Mayka Richards:
Jude Bellinghamda Koul Palmernikidek effektlilik yoki Fil Fodennikidek to'pni nazorat qilish mahorati yo'q.
Ammo qolgan barcha jihatlari bo'yicha u 10 balldan 9 ballga loyiq. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi esa 10 balldan 10 ball. U nima ishga qo'l urmasin, muvaffaqiyatga ishonadi.
🔥 Gari Lineker:
Bu borada senga qo'shilmayman, Mayka: Judda to'pni qabul qilish va nazorat qilish bo'yicha aqlbovar qilmas texnika bor. Uning raqiblarini aldab o'tishi va burilishlari...
O'ylaymanki, yakunda Jud Angliya tarixidagi eng buyuk futbolchiga aylanishi mumkin.
Gari Lineker Jud Bellingemning o'yini va uning Angliya terma jamoasidagi o'rni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎙 Gari Lineker:
Uning yosh bo'lishiga qaramay, bunday natijalarni ko'rsatayotgani, Angliya terma jamoasini yetaklayotgani va eng qiyin pallalarda jamoaga yordam berayotgani — aynan haqiqiy superyulduzga xos bo'lgan jihatlardir.
Jude Bellinghamning o'yin uslubi va salohiyati haqida sobiq futbolchilar hamda ekspertlarning fikrlari.
M. Torres (sobiq madridlik himoyachi va Onda Cero eksperti): "Men Bellingemni dunyodagi eng yaxshi "o'nlik" deb hisoblayman. U Angliya terma jamoasi yetakchisi. Shu bois men Bellingemni "Madrid"ning birinchi sardori qilgan bo'lardim".
M. Richards (sobiq "Manchester Siti" o'yinchisi): "Bellingem Palmer kabi kreativ o'yinchi emas, unda Foden kabi texnika yo'q. Ammo qolgan barcha jihatlari bo'yicha u — 9/10. Bellingemning o'ziga bo'lgan ishonchi esa 10/10. U nima qilmasin, o'z harakatlariga ishonadi".
Lineker (Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi): "Men Richards bilan rozi emasman: Judning texnikasi nihoyatda yuqori. Uning burilishlari va raqiblarini aldab o'tishi... U tarixdagi eng buyuk ingliz futbolchisiga aylanishi mumkin.
Bellingem Jerrard kabi kuch, tezlik va mahoratga, Skoulz kabi maydonni ko'ra olish qobiliyatiga, shuningdek, Lempard kabi ajoyib zarbaga ega".
Gari Lineker yosh futbolchilar Lyuis-Skelli va Niko O'Raylining o'yiniga yuqori baho berdi.
Gari Lineker Lyuis-Skelli haqida:
Ha, bu haqiqatan ham ta'sirli. Qiziq tomoni shundaki, sizda Niko O'Rayli bor — aslida yarim himoyachi bo'lib, chap qanot himoyachisiga aylantirilgan, Lyuis-Skelli esa himoyachi bo'lib, yarim himoyachiga aylanganga o'xshaydi. Shubhasiz, hozirgi yosh futbolchilar bolalikdan turli pozitsiyalarda harakat qilishga o'rganishmoqda va bu ularning rivojlanishi uchun juda foydali. Ammo ikkalasi ham ajoyib futbolchilar.
Menga Lyuis-Skelli maydon markazida juda yaxshi harakat qilgandek tuyuldi, u deyarli Deklan Raysning o'rnini bosdi. Bu juda katta mas'uliyat — ayniqsa Ispaniyaga qarshi o'yinda, yoningizda Jud Bellingem o'ynayotgan bo'lsa, u ko'p vaqtini ancha oldinda o'tkazadi va doimiy ravishda hujumga qo'shiladi. Ammo, mening fikrimcha, ham Lyuis-Skelli, ham Elliot Anderson maydon markazida ajoyib o'ynashdi.
Angliya terma jamoasining sobiq yulduzlari Gari Lineker, Roy Kin va Rio Ferdinand Jud Bellingemning mahorati va xarakteriga yuqori baho berishdi.
Gari Lineker (Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi):
O'ylashimcha, Bellingemning Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylanishi uchun imkoniyatlari haqiqatan ham bor. Bunday yoshda Jud qilayotgan ishlarni bajarish — jamoa o'yinini o'z zimmasiga olib, uni g'alabaga yetaklash... Haqiqiy superyulduzlar aynan shunday harakat qiladi. Bellingemning o'yin darajasi shunchaki hayratlanarli!
Roy Kin (Manchester Yunayted sobiq yarim himoyachisi):
O'yindan so'ng Bellingem shunday dedi: "Mayli, mayli". Aynan shunday vaziyatda tushunib yetasanki: "Unda qat'iy xarakter bor". Futbolchiga aynan shu narsa kerak. Ichki xotirjamlik va matonat — eng muhimi. Jud bilan bog'liq barcha narsa hayratga soladi! Biz nafaqat ko'zga ko'ringan futbolchini, balki kuchli shaxsni ham ko'ryapmiz. Bellingem doimiy ravishda jurnalistlar bilan muloqot qiladi, intervyularda o'zini a'lo darajada ko'rsatadi, hal qiluvchi gollarni uradi, maydonda farq yaratadi va o'yin yakunida ham o'z xarakterini namoyish etadi.
Rio Ferdinand (Manchester Yunayted sobiq himoyachisi):
Hozirgi vaqtda Angliya terma jamoasida 2 ta superyulduz bor: Bellingem va Keyn. Shu bilan birga, aynan Bellingem 1966-yildan beri terma jamoamiz tarixidagi eng yaxshi futbolchi. JCh-2026 boshlanishidan oldin matbuotda "Bellingemni tarkibga kiritgandan ko'ra, uyda qoldirgan ma'qul" deb yozishgandi. Shu bois, endi o'sha maqolani yozgan jurnalistdan Juddan ommaviy ravishda uzr so'rashini kutaman.