Ben Jeykobs: «Manchester Yunayted»ning transferdagi muammolari sababini aytdi
Ben Jeykobs «Manchester Yunayted»ning transfer oynasidagi muammolari sababini tushuntirdi.
🗣️ Ben Jeykobs:
«Manchester Yunayted» boshqa pozitsiyalarga o'yinchilarni xarid qila olmaganining asosiy sabablaridan biri moliya bilan bog'liq emas, balki bozorda munosib variantlarning yo'qligi edi.
Lyuis-Skelli «Arsenal»da qolishni istaydi, APLda o'ynash tajribasiga ega hujumchilar esa bozorda unchalik ko'p emasdi».