Martin Edegor stadionni oqsoqlangan holda tark etdi. Sardor portugaliyalik futbolchidan juda jahli chiqdi va his-hayajon bilan unga FUCK YOU deb baqirdi.
O'yindan so'ng u jurnalistlarga quyidagilarni aytdi:
«To'pig'imga zarba berishdi. Chamasi, bugun kechqurun ahvol unchalik yaxshi bo'lmaydi, lekin yaqin bir necha kun ichida yaxshilanishiga umid qilaman. Uning tomonidan bu mutlaqo ma'nosiz harakat edi. Men to'pni o'ynab bo'lganimdan keyin u shunchaki meni yiqitdi. U nima qilayotganini umuman tushunmayapman.
Bunday narsalarning futbol maydonida o'rni yo'q. Odamlarning o'zini bunday tutishi achinarli, lekin hayot shunaqa».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!