Yesper Lindstryom: «Napoli»da o'ynashdan zavq olaman»
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Yesper Lindstryom: «Napoli»da o'ynashdan zavq olaman»

«Milliy terma jamoa va klub safidagi o'yinlar o'rtasida farq bor. Men Daniyani va Daniya terma jamoasini juda yaxshi ko'raman. O'zim tarkibda bo'lmasam ham, jamoaga doim eng yaxshisini tilayman va g'alaba qozonishiga umid qilaman, chunki men daniyalikman, hammasi yaxshi bo'lishini istayman. Biroq, klub safida o'ynaganimda, doimo maydonga tushishni xohlayman, chunki yakunda men shaxsiy muvaffaqiyatga erishish uchun futbol o'ynayman.»

🔘Siz o'ynagan stadionlar ichida eng yaxshisi qaysi?

«Ko'plab ajoyib stadionlarda bo'lganman, bilmadim. Balki, «Old Trafford» yoki hozir o'ynayotganim «Maradona» stadioni. «San-Siro» ham zo'r, «Bavariya» stadioni kabi.»

🔘Maydondan chetlatilish qanday tuyg'u?

«Men hech qachon qizil kartochka olmaganman, shuning uchun bilmayman. Ammo o'ylashimcha, qizil kartochka olsang, bu yoqimsiz va biroz og'riqli, mas'uliyatni his qilasan. Balki, bu yoqimsiz tuyg'udir.»

🔘Qaysi klubda o'ynash sizga ko'proq yoqdi?

««Napoli»da!»

🔘«Napoli» va Daniya terma jamoasidagi mashg'ulotlar o'rtasida qanday farq bor?

«Farq sezilarli. Ikkala holatda ham ijobiy va salbiy tomonlar bor. Neapolda til to'sig'i ham mavjud: mashg'ulotlarda italyancha gaplashamiz va Italiyada juda issiq, bu yerda esa bunday emas. Bundan tashqari, taktik jihat va boshqa narsalar bor, ular turli murabbiylarda turlicha, bular boshqa-boshqa narsalar. Ammo eng sezilarli farqlar shular deb aytgan bo'lardim.»

🔘Agar futbolchi bo'lmaganingizda, kim bo'lardingiz?

«Balki, otam kabi quruvchi bo'lardim.»

🔘Almashuv natijasida olgan eng esda qolarli futbolkangiz?

«Menda Krishtianu Ronalduning futbolkasi bor, lekin uni jamoadoshimdan olganman. Agar yana bir nechta nom aytishim kerak bo'lsa, Toni Kroos va Luka Modrichning futbolkalarini aytgan bo'lardim.»

🔘Kumiringiz kim? Futbolchi sifatida nimaga erishmoqchisiz?

«Krishtianu Ronaldu! Menga uning mentaliteti yoqadi, u fantastik o'yinchi. Men Daniya bilan nimadir yutishni juda xohlardim, xoh u Yevropa chempionati, xoh jahon chempionati yoki Millatlar ligasi bo'lsin. Daniya bilan boshim uzra sovrin ko'tarishni juda istardim.»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!