#Kazemiro — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Fred Erik ten Xag haqida fikr bildirdi

Fred Erik ten Xag haqida fikr bildirdi

Fred Erik ten Xagning taktik mahoratini yuqori baholadi, biroq murabbiyning muloqot uslubi va gollandiyalik futbolchilarga bo'lgan munosabatini tanqid qildi.

🗣️ Fred – Erik ten Xag haqida Charla Podcast'da:

«Juda yaxshi taktik, lekin muloqot borasida dahshatli. U hamma bilan janjallashardi. Men bilan, Kazemiro bilan, Ronaldu bilan, Reshford bilan.

Ten Xag davrida faqat uning gollandiyalik futbolchilari o'ynashdi. Lekin taktik jihatdan u men ishlagan eng yaxshi murabbiylardan biri edi».
Ueyn Runi "Manchester Yunayted" yarim himoyasi haqida fikr bildirdi

Ueyn Runi "Manchester Yunayted" yarim himoyasi haqida fikr bildirdi

Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ning "Milan"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng jamoa yarim himoyasi haqida gapirdi.

🗣️ Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ning "Milan"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng jamoa yarim himoyasi haqida gapirdi:

2:2 hisobida Santos 61-daqiqada maydonni tark etdi va shundan so'ng biz yana ikkita gol o'tkazib yubordik, chunki tarkibimizda haqiqiy tayanch yarim himoyachisi yo'q edi. Men bu haqda avval ham aytganman va yana takrorlayman: Santos yonida o'ynash uchun Tilemans va Maynu raqobatlashishi kerak. INEOS rahbariyati "Yunayted"ga baribir haqiqiy tayanch yarim himoyachisi kerakligini tushunib yetishi lozim. Kazemiro ketganidan keyin qolgan bo'shliqni to'ldirish uchun hali vaqt bor.

O'ng ustun yangiliklari

Kazemiro: "Manchester Yunayted" va "Real" — dunyoning eng buyuk klublari"

Kazemiro: "Manchester Yunayted" va "Real" — dunyoning eng buyuk klublari"

Kazemiro "Manchester Yunayted" va "Real" klublari haqida fikr bildirdi.

🗣️ Kazemiro — "Manchester Yunayted"dagi o'yinlari haqida:

"Men Angliyaning eng katta klubi — "Yunayted"da o'ynadim. Bu katta sharaf edi. Shuningdek, Ispaniyaning eng katta klubida ham to'p surganman. Balki, ular o'z ko'lami va maqomi bo'yicha dunyoning eng buyuk ikki klubidir".
Mateus Kunya: «Kazemiro bizdagi o'zgarish haqida gapirdi»

Mateus Kunya: «Kazemiro bizdagi o'zgarish haqida gapirdi»

Mateus Kunya Kazemironing jamoa ruhiyati haqidagi so'zlarini keltirib o'tdi.

🗣️ Mateus Kunya yangi mavsumni nima uchun intiqlik bilan kutayotgani haqida gapirdi:

«Ketishidan oldin Kaze menga shunday dedi: «Nimalar o'zgarganini tushunyapsanmi? Qo'rquv qaytdi».

U so'nggi oylarda raqiblar bizni yuta olishiga ishonmay qo'yganini, ko'pchiligi shunchaki omon qolishga umid qilganini ta'kidladi.

Biz o'zimiz ham o'zgardik: «Arsenal» va «Siti»ga qarshi o'yinlarda g'alaba qozonishga shunchaki umid qilmadik — biz buni kutgandik.

Kaze shunday dedi: «Yaxshi jamoa bilan buyuk jamoaga aylanayotgan jamoa o'rtasidagi farq shunda: biri umid qiladi, ikkinchisi esa kutadi».

Agar o'tgan mavsumni shunday yakunlagan bo'lsak, yangisini ham xuddi shunday boshlasak, nimalar bo'lishini tasavvur qilib ko'ring».