Real Madriddagi inqiroz: Klasikodagi mag'lubiyat asosiy muammo emas
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 30

Real Madriddagi inqiroz: Klasikodagi mag'lubiyat asosiy muammo emas

Nega Klasikodagi mag'lubiyat «Real»ning asosiy muammosi emas

🖥 Meni tez-tez «Barselona»dan uchralgan mag'lubiyat «Madrid»ning chempionlik ambitsiyalariga qanchalik ta'sir qilishi haqida so'rashadi. Lekin rostini aytsam, hozir bu umuman asosiy narsa emas. Xuddi hozirgi vaqtda sovrinlarning yo'qligi kabi.

Klubda shunchalik ko'p muammolar borki, ularni bitta «Klasiko»dagi g'alaba bilan hal qilib bo'lmaydi. «Madrid»ga kosmetik o'zgarishlar emas, tubdan qayta qurish kerak. Va u amalga oshmaguncha, na «Barselona» ustidan qozonilgan g'alaba va na qo'lga kiritilgan sovrinlar asosiy narsani o'zgartira oladi: bu klub tubsizlik sari sho'ng'ishda davom etadi 📉

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!