#Alfonso Devis — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Jesse Marsh: Alfonso Devisda o'yin vaqti bo'yicha cheklovlar yo'q

Jesse Marsh: Alfonso Devisda o'yin vaqti bo'yicha cheklovlar yo'q

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jesse Marsh Alfonso Devisning «Bavariya»dagi o'yin vaqti va uning terma jamoaga qaytishi haqida gapirdi.

💭 Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jesse Marsh Alfonso Devisning milliy jamoaga qaytishi va «Bavariya» tomonidan o'yin vaqtiga qo'yilgan cheklovlar haqida fikr bildirdi:

«Bizning tibbiy shtab «Bavariya» bilan aloqada bo'lib turdi. Alfonso uchun o'yin vaqti bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q. U a'lo darajadagi jismoniy va ruhiy holatda. U yana o'zining eng yaxshi futbolini namoyish etmoqda.

U terma jamoaga qaytganidan juda xursand. Men ham, butun jamoa kabi, nihoyatda xursandman. Ayniqsa, jarohat olganlar ro'yxatini hisobga olsak, sardorimiz yana biz bilan ekanligi juda muhim. Uning qaytishi ayni muddao bo'ldi»
Alfonso Devis o'zining ideal chap qanot himoyachisini tuzdi

Alfonso Devis o'zining ideal chap qanot himoyachisini tuzdi

Alfonso Devis o'zining ideal chap qanot himoyachisi qanday bo'lishi kerakligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

📈😍 Alfonso Devis o'zining ideal chap qanot himoyachisini yaratdi:

🔴 Tezlik: men
🔴 Dribling: Marselo
🔴 Paslar: Roberto Karlos
🔴 Birga-bir vaziyatlar: Marselo
🔴 Liderlik: Maldini
🔴 Kuch: Roberto Karlos
🔴 Ko'nikmalar: Marselo
🔴 Maydonni ko'ra olish: Nunu Mendesh

O'ng ustun yangiliklari

Alfonso Devis top-5 ligalarda eng yuqori tezlik qayd etdi

Alfonso Devis top-5 ligalarda eng yuqori tezlik qayd etdi

Alfonso Devis joriy mavsumda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi barcha futbolchilar orasida eng yuqori maksimal tezlikni qayd etdi.

Fonzi Devis joriy mavsumda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi barcha futbolchilar orasida eng yuqori maksimal tezlikni (36,7 km/soat) qayd etdi! 🪙🚀

Alfonso Devis o'zining futbol bo'yicha eng yaxshilar ro'yxatini tuzdi

Alfonso Devis o'zining futbol bo'yicha eng yaxshilar ro'yxatini tuzdi

Alfonso Devis o'zining futbol bo'yicha eng yaxshilar ro'yxatini ma'lum qildi. U o'z tanlovida Harri Keyn, Toni Kroos va Krishtianu Ronalduni alohida qayd etdi.

Alfonso Devisdan savol-javoblar:

• Hozirgi vaqtda dunyoning eng yaxshi futbolchisi? — Harri Keyn

• Tarixdagi eng yaxshi pas beruvchi? — Toni Kroos

• Tarixdagi eng yaxshi hujumchi (finishyor)? — Krishtianu Ronaldu

• Tarixdagi eng yaxshi driblingchi? — Lionel Messi

• Tarixdagi eng yaxshi himoyachi? — Paolo Maldini

• Tarixdagi eng yaxshi darvozabon? — Manuel Noyyer

• «Bavariya» tarixidagi eng yaxshi futbolchi? — Karl-Xaynts Rummenigge