Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Canada — yangiliklari

Canada va bog'liq yangiliklar

Jesse Marsh: Alfonso Devisda o'yin vaqti bo'yicha cheklovlar yo'q

Jesse Marsh: Alfonso Devisda o'yin vaqti bo'yicha cheklovlar yo'q

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jesse Marsh Alfonso Devisning «Bavariya»dagi o'yin vaqti va uning terma jamoaga qaytishi haqida gapirdi.

💭 Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jesse Marsh Alfonso Devisning milliy jamoaga qaytishi va «Bavariya» tomonidan o'yin vaqtiga qo'yilgan cheklovlar haqida fikr bildirdi:

«Bizning tibbiy shtab «Bavariya» bilan aloqada bo'lib turdi. Alfonso uchun o'yin vaqti bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q. U a'lo darajadagi jismoniy va ruhiy holatda. U yana o'zining eng yaxshi futbolini namoyish etmoqda.

U terma jamoaga qaytganidan juda xursand. Men ham, butun jamoa kabi, nihoyatda xursandman. Ayniqsa, jarohat olganlar ro'yxatini hisobga olsak, sardorimiz yana biz bilan ekanligi juda muhim. Uning qaytishi ayni muddao bo'ldi»
Ouen Gudman Kanada terma jamoasida debyut qildi

Ouen Gudman Kanada terma jamoasida debyut qildi

Darvozabon Ouen Gudman Kanada terma jamoasi safida debyut qildi. U Peru termasiga qarshi o'yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ouen Gudman kattalar o'rtasidagi Kanada terma jamoasi safida debyut qildi! 🥳

Darvozabon Peru terma jamoasiga qarshi bahsda barcha 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi va o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Kanadaliklar yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 👏

Bog'liq yangiliklar