#Jessi Marsh — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Jesse Marsh: Alfonso Devisda o'yin vaqti bo'yicha cheklovlar yo'q

Jesse Marsh: Alfonso Devisda o'yin vaqti bo'yicha cheklovlar yo'q

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jesse Marsh Alfonso Devisning «Bavariya»dagi o'yin vaqti va uning terma jamoaga qaytishi haqida gapirdi.

💭 Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jesse Marsh Alfonso Devisning milliy jamoaga qaytishi va «Bavariya» tomonidan o'yin vaqtiga qo'yilgan cheklovlar haqida fikr bildirdi:

«Bizning tibbiy shtab «Bavariya» bilan aloqada bo'lib turdi. Alfonso uchun o'yin vaqti bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q. U a'lo darajadagi jismoniy va ruhiy holatda. U yana o'zining eng yaxshi futbolini namoyish etmoqda.

U terma jamoaga qaytganidan juda xursand. Men ham, butun jamoa kabi, nihoyatda xursandman. Ayniqsa, jarohat olganlar ro'yxatini hisobga olsak, sardorimiz yana biz bilan ekanligi juda muhim. Uning qaytishi ayni muddao bo'ldi»
Jessi Marsh Korneliusning jarohati haqida gapirdi

Jessi Marsh Korneliusning jarohati haqida gapirdi

Jessi Marsh Korneliusning jarohati haqida gapirdi. Murabbiy futbolchi bir necha oyni o'tkazib yuborishi mumkinligini ta'kidladi.

Jessi Marsh Korneliusning jarohati haqida:

U to'pga yetib olishga urindi, tizzasi yerga tiqilib qoldi va bu son qismiga ta'sir qildi. Biz bu Promis Devidnikiga o'xshash jarohat (son payining uzilishi) bo'lishi mumkin deb o'ylayapmiz. Umid qilamizki, bu juda jiddiy emas, ammo katta ehtimol bilan u bir necha oyni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.