Jesse Marsh: Alfonso Devisda o'yin vaqti bo'yicha cheklovlar yo'q
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Jesse Marsh: Alfonso Devisda o'yin vaqti bo'yicha cheklovlar yo'q

💭 Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jesse Marsh Alfonso Devisning milliy jamoaga qaytishi va «Bavariya» tomonidan o'yin vaqtiga qo'yilgan cheklovlar haqida fikr bildirdi:

«Bizning tibbiy shtab «Bavariya» bilan aloqada bo'lib turdi. Alfonso uchun o'yin vaqti bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q. U a'lo darajadagi jismoniy va ruhiy holatda. U yana o'zining eng yaxshi futbolini namoyish etmoqda.

U terma jamoaga qaytganidan juda xursand. Men ham, butun jamoa kabi, nihoyatda xursandman. Ayniqsa, jarohat olganlar ro'yxatini hisobga olsak, sardorimiz yana biz bilan ekanligi juda muhim. Uning qaytishi ayni muddao bo'ldi»
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!