Jesse Marsh: «Manchester Siti»ni quyi ligaga tushirib yuborish kerak»
Лидс Карахо ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 7

Jesse Marsh: «Manchester Siti»ni quyi ligaga tushirib yuborish kerak»

Menimcha, «Manchester Siti»ni to'liq jazolash kerak. O'ylashimcha, ularni quyi ligaga tushirib yuborish lozim. Va aytgancha, hamma hamma narsani bilardi. Mutlaqo hamma.

2022-yilning yozida faqat «Lids» va «Man Siti» transfer oynasini foyda bilan yakunlaganini e'lon qilgandi. Biz haqiqatan ham «plyus»ga chiqqanmiz, chunki Rafinya va Fillipsni sotgan edik. Barcha xaridlarni hisobga olgan holda, bizda baribir balansda yaxshigina mablag' qolgandi. O'shanda «Lids» tejashga majbur bo'lmagan holatda emasdi. Egalarining cho'ntagi cheksiz emasdi.

Ammo «Siti» ham xuddi shunday bayonot berganida… Men o'shanda shunchaki o'yladim: «Sizlar hazillashyapsizmi? Bu qanaqa hazil?». Ular Erling Xolandni 52 million funtga sotib olganini e'lon qilganida, bu xuddi: «Ha, albatta, albatta», degandek ko'ringandi.

Men bularning barchasida yaqqol nomuvofiqliklar borligini tushunardim. Ammo bunday vaziyatda nima ham qila olardingiz? Shunchaki qo'l siltab: «Futbol shunaqa», deb qo'ya qolasiz.

Jessi Marsh Guardian nashriga bergan intervyusida.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!