Villarreal 22 o'yindan buyon darvozasidan to'p olib chiqmoqda
Villarreal Yevropaning kuchli beshlik ligalarida ketma-ket 22 ta o'yinda gol o'tkazib yuborgan yagona jamoaga aylandi.
📰 Estadio Deportivo:
📊 Villarreal mavsum startidagi asosiy muammosiga oydinlik kirituvchi statistikani taqdim etdi.
⚽️ Inigo Peres shogirdlari o'z darvozalari tomon yo'llanayotgan zarbalar sonini sezilarli darajada kamaytirishga erishdi, ammo jamoa baribir o'yinni «quruq» hisobda yakunlashda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
🔴 Eng yaqqol fakt shundaki: «sariqlar» ketma-ket 22 ta o'yinda gol o'tkazib yuborishdi — bu Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari jamoalari orasidagi eng uzun «quruq o'yinlarsiz» seriya.
🔼 Sabab raqiblar yaratgan vaziyatlar sonida emas, balki ular darvoza sohasiga aniq zarba yo'llaganida namoyon bo'layotgan nihoyatda yuqori samaradorlikda.
Villarreal oxirgi marta qachon gol o'tkazmaganini topish uchun 18-fevralga qaytish kerak, o'shanda jamoa Levante ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. O'shandan beri ularning darvozasi har bir o'yinda ishg'ol etildi. Bu seriya o'tgan mavsumning so'nggi 14 ta o'yinidan boshlanib, joriy chempionatning dastlabki yetti turida, shuningdek, Chempionlar ligasining Dortmund Borussia'siga qarshi o'yinida davom etdi. Umumiy hisobda jamoa ketma-ket 22 ta o'yindan buyon kamida bitta gol o'tkazib yubormoqda.
🤔 Bu borada Villarreal boshqa Yevropa klublarini ortda qoldirmoqda. Germaniyaning Kyoln jamoasi 19 ta o'yindan buyon gol o'tkazib kelmoqda, Strasbur va Brest seriyalari 14 ta o'yinni tashkil etadi, Santanderning Rasing jamoasida esa bu ko'rsatkich 12 tani tashkil etadi.