El Periodico Mediterraneo xabariga ko'ra, sentyabr va oktyabr oylaridagi xalqaro tanaffuslar Villarreal holatiga ta'sir ko'rsatmoqda.
Ushbu tanaffusda Inigo Peres jamoasining 12 nafar futbolchisi o'z milliy terma jamoalari ixtiyoriga yo'l oldi. Biroq ulardan ikki nafari — Byukenan va Axomash sog'lig'idagi muammolar tufayli muddatidan oldin Villarreal safiga qaytishga majbur bo'ldi. Bu holat Madridning Real jamoasiga qarshi Santyago Bernabeu stadionida bo'lib o'tadigan safar o'yini oldidan yuz berdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!