Alfonso Devis jarohati sabab Myunxenga qaytmoqda
Gvatemala terma jamoasiga qarshi o'yinda jarohat olgan Alfonso Devis Myunxenga qaytmoqda. «Bavariya»da jarohatning qaytalanishidan xavotir bor.
🚨 Alfonso Devis yana jarohat tufayli safdan chiqishi mumkin.
🏥 Gvatemala terma jamoasiga qarshi o'yinda jarohat olganidan so'ng, Alfonso Devis to'g'ri Myunxenga yo'l oladi va u yerda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi.
😟 «Bavariya»da himoyachini uzoq muddatga safdan chiqarishi mumkin bo'lgan mushak jarohati qaytalanishidan xavotirdalar. Jarohatning aniq xususiyati va darajasi qo'shimcha testlardan so'ng ma'lum bo'ladi.
ℹ️ kicker, bild